- 35 -
Keyin aralashmaga AMF eritmasidan 0,016 ml va glyukoza-1-fosfat eritmasidan 0,2
ml qo`shiladi hamda yaxshilab aralashtirilib inkubatsiyalanadi, vaqt sekundomerda
qayd qilinadi. Ma`lum vaqtlar oralig`ida (5, 10, 15 minut) reaksion muhitdan 0,2 ml
dan eritmalar ajratib olinadi. Reaksiyani to`xtatish uchun olingan namunalar 3 ml dan
0,1 n H
2
SO
4
solib qo`yilgan probirkalarga solinadi. Bu probirkalarda anorganik
fosforning miqdoriy ko`rsatkichi aniqlanadi. Nazorat namunasi sifatida tarkibida
AMF ning o`rniga 0,016 ml distillangan suv solingan namuna inkubatsiyalanadi.
Fermentning solishtirma faolligi hisoblab topiladi. Oqsil miqdori Louri usulida
aniqlanadi. Beta-glitserofosfat va sistein rangning hosil bo`lishiga xalaqit berganligi
sababli oqsilni uch xlorli sirka kislota bilan cho`ktirib, ajratiladi va tashlab
yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: