Ammoniy sulfat yordamida fraksiyalash. Neytral holga keltirilgan oqsilli
aralashmaga doimo aralashtirgan holda ammoniy sulfat qo`shib, to`yinish darajasi
0,41 bo`lgunga (1 litrga 700 ml) qadar to`yintiriladi. Ammoniy sulfat eritmasini
oldindan ammiak yordamida pH 7,0 ga yetkazilgan bo`lishi lozim. Oqsilning
cho`kishi uchun eritma sovuq sharoitda bir kecha qoldiriladi, cho`kma sentrifugalash
( 15 minut, 10000-15000 g) yo`li bilan ajratiladi. Cho`kma EDTA eritmasida 25
0
C
da eritiladi. Aralashma ammoniy sulfat qoldig`idan xolis bo`lishi uchun 3-5 litr
hajmdagi pH 7,5 bo`lgan 1 mM tris-HCl bufer eritmasiga qarshi dializlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |