Fosforilaza-B ning faolligini aniqlash
Fosforilaza-B faolligini aniqlash glikogen sinteziga asoslanib olib boriladi:
(glikogen)
n
+ glyukoza-1-fosfat (glikogen)
n+1
+ P
anorganik
Uslub glyukoza-1-fosfatdan ajralib chiqqan anorganik fosforni miqdorini
aniqlashga asoslangan bo`lib, bunda glyukozani o`zi glikogen molekulasiga birikadi.
Aniqlash ATF ishtirokida olib boriladi.
Kerakli reaktivlar:
1. 0,05 M Na-beta-glitserofosfat-sistein bufer eritmasi, pH – 6,8;
2. Na-beta-glitserofosfat-sistein bufer eritmasida tayyorlangan glikogenning 4 %
li eritmasi;
3. Na-beta-glitserofosfat-sistein bufer eritmasida tayyorlangan 0,064 M glyukoza-
1-fosfat eritmasi;
4. 0,05 M AMF eritmasi, pH – 7,0;
5. Yuqoridagi usulda ajratib olingan fosforilazani suspppenziyani faolligini
aniqlashni olib borish oldidan Na-beta-glitserofosfat-sistein bufer eritma bilan
1 mg/ml darajasigacha suyultirlgan aralashma;
6. Fiske va Sobbarou uslubida anorganik fosforni aaniqlash uchun ishlatiladigan
reaktiv.
Do'stlaringiz bilan baham: |