Bentonit yordamida fraksiyalash. 5-fraksiyadagi oqsil miqdori aniqlanadi va keyin
undagi oqsilning konsentratsiyasi 7 mg/ml bo`lguniga qadar suyultiriladi. Buning
uchun 0,05 M magniy atsetatdan foydalaniladi, uning pH ko`rsatkichi sovitilgan 0,2 n
sirka kislota qo`shib, 7,4 ga tenglashtiriladi. Oqsil aralasmasi yaxshilab aralashtirilib
unga bentonit qo`shiladi ( 1 g oqsil hisobiga 4 g). Aralashma 10 minut davomida
chayqatilib turiladi va undan keyin adsorbentni 15000 g/min tezlikda 30 minut
sentrifugalash yo`li bilan ajratib olinadi va tiniq supernatant hosil bo`lishi kuzatiladi
(6-fraksiya).
Do'stlaringiz bilan baham: |