Xamirtirushni quritish va ekstraktsiyalash. Non pishirishda foydalaniladigan
xamirtirush xona haroratida quritiladi, natijada 1 kg xamirtirushdan 200 g quruq
kukun
qoladi. Quritilgan xamirtirushni chinni havonchada yaxshilab ezib
maydalanadi va uning 100 g ga tarkibida 1 mM EDTA bo`lgan Na
2
HPO
4
ning 0,2 M
ertimasidan 400 ml qo`shib suspenziyalanadi. Aralashma 37
0
C da 3 soat davomida
inkubatsiyalanadi. Bundan keyin 0
0
C da 30 minut oralig`i (5000 g) da
sentrifugalanadi. Сho`kma usti suyuqligi keyingi bosqichda foydalaniladi, cho`kma
tashlab yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |