M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
SO‘Z BOSHI
«Biokimyo va molekulyar biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari» deb nomlangan ushbu uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston respublikasi davlat ta’lim standartining 5140100 – Biologiya (umumiy biologiya) yo‘nalishini bakalavriat ta’limi standarti va unga mos ravishda tuzilgan namunaviy dastur talablari asosida yaratilgan. Unda Biokimyo va molekulyar biologiyafaniga oid barcha mavzular to‘liq qamrab olingan. Shuningdek qo’llanmaga bu fanni eng zamonaviy rivojlanishi asosida paydo bo’lgan uning yangiproteomika deb nomlangan tarmog’iga oid ma’lumotlar ham kiritilgan. Qo‘llanmada talabalar uchun ajratilgan ma’ruza darslari ma’lumotlari, ularning mustaqil ravishda o‘zlashtirishlari uchun mo‘ljallangan materiallar laboratoriya ishlari bilan uyg‘unlashtirilgan tarzda bayon qilingan. Mualliflar qo‘llanmani yaratishda biokimyo bo‘yicha nashr etilgan amaliy mashg‘ulotlar praktikumlarini, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni, shuningdek dars o‘tish jarayonida orttirilgan tajribalarni asos qilib olishgan. Qo‘llanma bo‘lajak biolog-bakalavrni hayotiy jarayonlarning mexanizmlarini molekular darajada tushinish, biokimyoviy tahlil usullarini egallash, olingan natijalar asosida amaliy xulosalar chiqarish va umuman olganda hozirgi zamon talabi darajasidagi mutaxassis sifatida shakllanishi uchun keng imkoniyat yaratadi. Mazkur qo‘llanma universitetlarning va pedagogika institutlarning biolog bakalavrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramay, undan tibbiyot, farmasevtika institutlari, qishloq xo‘jalik institutini veterinariya va zoomuhandislik fakultetlari talabalari ham foydalanishlari mumkin. Qo‘llanmadabo‘lajak bakalavr akademik darajali biolog mutaxassislarning quyidagi hajmdagi bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakillantirish hisobga olingan: hujayrada mavjud biomolekulalarning xilma-xilligi; aminokislotalar almashinuvi; oqsillar almashinuvi; nukleotidlar almashinuvi; fermentlarning ta’sir qilish mexanizmlari; uglevodlar almashinuvi; hujayradagi biokimyoviy reaksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi; muhim makromolekulalarning biosintezi va parchalanish mexanizmlari; 5 hujayrada energiyani hosil bo‘lishi va sarflanishi haqida tasavvurga ega bo‘lishi; proteinogen aminokislotalarning struktura formulasini, oqsil shakllanishida ularning bog‘lanishi; oqsillar tuzilish darajalari va funksiyalari; oqsillarni parchalanishi; aminokislotalarningdezaminlanishi; fermentlarningklassifikasiyasi; nuklein kislotalarning tuzilishi va funksiyasi; uglevodlarningtuzilishi va funksiyasi; uglevodlarni anaerob va aerob sharoitda parchalanishi; yog‘larni tuzilishi va funksiyasi; yog‘ kislotalarining betta-oksidlanishi; neytral yog‘larning hosil bo‘lishi; vitamin va gormonlarning organizmdagi boshqaruvchi funksiyasini bilishi va foydalana olishi; oqsillarga xos rangli reaksiyalarni amalga oshira olish; oqsillar miqdorini Biuret va Louri uslublari bo‘yicha aniqlay olish; fermentlar faolligiga harorat, substrat, рН ta’sirini aniqlash reaksiyalarini amalga oshira olish; nuklein kislotalarni ajratib, tarkibiy qismlariga xos sifat reaksiyalarni amalga oshira olish; mono-, di- va polisaxaridlarga xos sifat reaksiyalarni amalga oshira olish; qondagi glukoza miqdorini Xagedorn-Iyensen usuli bo‘yicha aniqlay olish; lipidlarga xos sifat reaksiyalarni amalga oshira olish; laboratoriya ishlarini amalga oshirishda zamonaviy asbob uskunalardan foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kabilar. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling