M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Normal eritma tayyorlash. Erituvchining 1 hajmida erigan
moddaning gramm ekvivalenti hisobiga eritilgan miqdoriga normal (N) eritma deyiladi. Masalan, osh tuzining 1 N eritmasini tayyorlash uchun, uning molyar massasi hisoblanadi, bu 58,5 ga teng, uning ekvivalenti natriyning valentligi hisobiga 1ga teng. Endi 58,5:1=58,5 kelib chiqadi demak, Na ning valentligi 1 bo‘lganligi sababli molyar massa o‘zgarmaydi va shuning uchun 58,5 g osh tuzi 1000 ml hajmda distillangan suv qo‘shilsa osh tuzining 1N eritmasi tayyor bo‘ladi. Agar Cu(NO 3 ) 2 ning 1N eritmasini tayyorlash kerak bo‘lsa, uning molyar massasi hisoblandi va Cu ning valentligiga bo‘linadi va suvda eritiladi. Cu=64, N=14·2=28, O=16·6=96, jami 64+28+96=188Cu ning valentligi 2 ga teng bo‘lganligi uchun 188:2=94 kelib chiqadi. Demak, Cu(NO 3 ) 2 tuzining 1N eritmasini tayyorlash uchun 94 g tuz olib o‘lchov kolbasiga ko‘chirib, distillangan suv yordamida hajmi 1000 ml ga yetkaziladi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1. Laboratoriyada ishlash qoidalariga nimalar kiradi? 2. Laboratoriyada qanday gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim? 3. Yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalarini bayon qiling. 4. Eritma nima? 5. Eritmalarning noaniq tavsifli konsentrasiyalariga nimalar kiradi? 6. Aniq konsentrasiya tavsifiga ega bo‘lgan eritmalarga qaysi xil eritmalar kiradi? 5. Foizli eritma qanday tayyorlanadi? 6. Molyar va normal eritmalarchi? 7. 0,9 % osh tuzi eritmasi qanday tayyorlanadi? 8.Solishtirma og‘irligi 1,84 bo‘lgan konsentrlangan sulfat kislotadan 0,05 M eritmasini qanday tayyorlanadi? 9. Shu kislotaning 0,05N eritmasi qanday tayyorlanadi? 12 OQSILLAR BIOKIMYOSI Oqsillar – yuqori molekular, azot tutuvchi organik moddalar bo‘lib, ularning tarkibi aminokislotalardan tashkil topgan makromolekulalardir. Darhaqiqat, bu biomakromolekulalar hujayraning tuzilmasi va funksiyalarida birlamchi rolnio‘ynaydi, chunki ular orqali genetik axborot ko‘chirilishini ta’minlaydi. Hayvonlar organizmida ularning quruq massasini 40-50 % ni tashkil qiladi, o‘simliklarda esa biroz kamroq bo‘ladi(2,0-35 %). Hisoblarga qaraganda, tabiatda 10 10 -10 12 xil xilma-xil oqsillar uchraydi. Oqsillar organik birikmalarning boshqa xillariga xos bo‘lmagan qator xususiyatlarga ega bo‘ladi. Oqsil tanachalarining bu xususiyatlari ularning hayotiy jarayonlarni boshqarishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. Bu xususiyatlar jumlasiga: - tuzilmalarning xilma xilligi va unga bog‘liq holda turga xos maxsuslikka egaligi; - fizik va kimyoviy o‘zgarishlarining xilma xilligini cheksizligi; - molekulalararo ta’sirlanish xususiyatlarining cheksizligi; - molekula konfiguratsiyasining o‘zgarishiga javob berish va ta’sirlanishning nihoyasiga yetishi bilan dastlabki holatni tiklash xususiyatini mavjudligi; - boshqa kimyoviy birikmalar bilan birikib kompleks va boshqa xil tuzilmalarni hosil qilish xossasiga egaligi; - biokatalitik va boshqa sifatiy xossalarga egaligi kabilar kiradi. Oqsillarning elementar tarkibi: - uglerod-50,0-55,0%; - vodorod-6,5-7,3%; - azot-15,0-18,0%; - kislorod-21,0-24,0%; - oltingugurt-0,0-2,54%; - kul-0,0-0,5% dan tashkil topgan. Gidrolizlanganda faqat aminokislota qoldiqlarini hosil qiluvchi makromolekulalarga Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling