M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


-ish. Bug‘doy (arpa,suli)ni umumiy oqsillarini ajratib olish


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   150
4-ish. Bug‘doy (arpa,suli)ni umumiy oqsillarini ajratib olish 
O‘simlik oqsillarini ajratib olish uchun tadqiq qilinadigan obyekt 
tarkibidagi oqsil fraksiyasining xossasiga qarab turli erituvchilardan 
foydalaniladi. Odatda bug‘doy, arpa va suli urug‘lari tarkibidagi oqsillar 
NaOH ning 0,2 % li eritmasida yaxshi, NaOH ning shu konsentrasiyadagi 
50-60 % li spirtda tayyorlangan eritmasida undan ham yaxshi eriydi. Shu 
o‘simliklarning unini natriy ishqorini spirtli eritmasi yoki suvdagi eritmasi 
bilan ishlov berganda eritmaga albumin, globulin, prolamin va glyutelin 
oqsillarilari o‘tadi. Prolamin va glyutelinlar tarkibida ko‘p miqdorda prolin 
va glyutamin aminokislotalari bo‘ladi. 
Kerakli biomaterial:bug‘doy, arpa va suli unlari 
Kerakli jihozlar: shtativ,probirkala,pipetkalar, chinni hovoncha
idishchalar. 
Kerakli reaktivlar:
NaOН ning 0.2 % li 50-60% li spirtdagi yoki
NaOН ning o’zini 0.2 % li eritmasi.
Ishni bajarish tartibi.Chinni hovonchaga 5 g bug‘doy (arpa,suli) uni 
solib, asta-sekin qo‘shib va ezib borib, jami 100 ml NaOН ning 0,2 % li 
suvdagi yoki 50-60% li spirtdagi eritmasi qo‘shiladi. Bunda eritmaga 
albumin, globulin, prolaminva glyutelinlar o‘tadi. Aralashmani eritma 
qismi alohida toza idishga ko‘chirilib, «Bug‘doy (arpa,suli) oqsili» deb 
nomlanadi va keyingi tajribalarda foydalanish uchun olib qo‘yiladi. 
5- ish. Bug‘doy (arpa,suli)lardan albumin oqsilini ajratib olish 
Bunda oldingi ishda( 4-chi) bug‘doy (arpa,suli)larning umumiy 
oqsillarini ajratib olish amalga oshirilgan bo‘lib, ajratib olingan oqsilning 
tarkibi albumin, globulin, prolamin va glyutelinlardan iborat bo‘ladi. Bu 
biomateriallar tarkibidagi albuminni ozmi-ko‘pmi yuqori tozalik darajasida 
ajratib olish uchun ushbu ishni bajarish lozim bo‘ladi. 
Kerakli biomaterialbug‘doy, arpa va suli unlari. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling