17
o‘tkaziladi – ekstraksiyalanadi. Buning uchun
ajratilayotgan oqsilning
tabiatiga ko‘ra bufer eritma va organik erituvchilardan foydaniladi. Ular
yordamida
to‘qimadan
tayyorlangan
gomogenatdan
oqsillarning
fraksiyalari
alohida-alohida
fraksiyalanadi.
Bunda
zamonaviy
ultrasentrifugalash, elektroforez, xromatografiya va immunobiologiya
usullardan foydalaniladi.
1-ish. Mushak to‘qimalaridan oqsillarni ajratish
Miofibrillalar – qisqaruvchi mushak
hujayralari uchun xos
birikmalardir. Ular miozin va aktin kabi qisqaruvchi oqsillar, tropomiozin
va troponin kabi boshqaruvchi oqsillardan iborat. Miofibrill oqsillari suvda
erimaydi, ammo bu oqsillarni 0,5 mol tuz eritmasi yordamida ajratib olish
mumkin.
Sarkoplazmaning (mushak hujayrasi gialoplazmasi) ko‘pchilik
oqsillari suvda yoki kuchsiz tuz eritmasida eriydi.
Bu fraksiyada mushak
oqsillaridan tashqari boshqa a’zolarda uchraydigan oqsillar ham uchraydi.
Mushak to‘qimalariga 5% li kaliy xlorid eritmasi ta’sir ettirilganda
miofibrill va sarkopolazma oqsillari ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: