M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
Kerakli biomaterial: mushak to‘qimasi. 
Kerakli jihozlar:sentrifuga, sentrifuga tarozisi, sentrifuga probirkalari, 
chinni hovoncha, shisha kukun, oddiy probirka va shtativlar, shisha 
tayoqcha, pipetka, filtr qog‘ozi, doka va voronkalar, 
Kerakli reaktivlar: kaliy xloridning 5% li eritmasi, natriy 
gidroksidning 0,1 M eritmasi, uchxlorsirka kislota (UXSK)ning 10% li 
eritmasi. 
Ishni bajarish tartibi.Mushak to‘qimasi yog‘lardan, payli qismidan
mushak pardasidan ajratib, tarozida 2 g tortib olinadi va yaxshilab qaychi 
bilan maydalab, havonchaga solinadi. Uning ustiga 2 ml 5% li kaliy xlorid 
eritmasi va shisha kukuni solib, yaxshilab yanchiladi. So‘ng aralashmaga 
yana 3 ml kaliy xlorid eritmasi qo‘shib, 5 daqiqa davomida yanchishni 
davom ettiriladi. Shu yo‘sinda aralashma gomogen holatga keladi, uni 
gomogenat deyiladi. 
Gomogenat ikkita sentrifuga probirkalargao‘tkaziladi, bunda shisha 
qum qoldiqlari havonchada qoladi. Probirkalardagi aralashmalar sentrifuga 
tarozisida ko‘chiriladi va 5% li kaliy xlorid ertimasiyordamida
muvozanatlanadi. So‘ngra probirkalar sentrifugaga joylashtiriladi va 1000 
g/daqiqa aylanish tezligida 5 daqiqa davomida aylantiriladi. Bunda 
cho‘kma usti suyuqligi (supernatant), ya’ni xaqiqiy gomogenat ikkita 
boshqa probirkalarga ko‘chiriladi va yana muvozanat holatga keltiriladi


18 
probirkalar tubidagi cho‘kma esa, faqat shisha koldiqlaridan iborat 
bo‘lganligi 
uchun 
tashlab 
yuboriladi. 
Supernatantli 
probirkalar 
sentrifugaga joylashtirilib 4000g/daqiqa aylanish tezligida 15 daqiqa 
davomida aylantiriladi. Bunda hujayra bo‘lakchalari, parchalanmagan 
hujayralar, biriktiruvchi to‘qima tolalari cho‘kmaga tushadi va u tashlab 
yuboriladi. Supernatant mushak oqsillarini ekstrakti hisoblanadi va uni 
keyingi tajribalarda oqsillarga xos reaksiyalarni bajarishda ishlatish uchun 
alohida idishga solib sovitqichga ko‘chiriladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling