M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-jadval Reaksiya muhiti har xil bo‘lgan oqsil eritmalarini qaynatganda
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-ish. Xona xaroratida oqsillarni neytral tuzlar yordamida cho‘ktirish reaksiyalari
2-jadval
Reaksiya muhiti har xil bo‘lgan oqsil eritmalarini qaynatganda cho‘kishi Neytral tuzlar Kuchsiz kislotali muhit Kuchli kislotali muhit Elektrolit Ishqoriy muhit 25 2-jadval ma’lumotlari asosida tegishli xulosalar keltirib chiqariladi. 8-ish. Xona xaroratida oqsillarni neytral tuzlar yordamida cho‘ktirish reaksiyalari Oqsillarni tuz yordamida cho‘ktirish deganda neytral tuzlar: NaCl, (NH 4 ) 2 SO 4 , MgSO 4 va boshqalarning yuqori konsentratsiyali eritmalaridan foydalanish nazarda tutiladi. Tuz yordamida cho‘ktirishda oqsil makromolekulasini degidratatsiyasi va bir yo‘la uning elektr zaryadini neytralizatsiyasi yuz beradi ( 1-rasm). Oqsil zarrachasiga yaqin bo‘lgan suv molekulalarining zaryadi o‘zaro mos yo‘nalishda joylashgan bo‘lsa, keyingilari xaotik tarzda joylashgan bo‘ladi. Har xil oqsillarni tuz yordamida cho‘ktirishda u yoki bu tuzlarning konsentratsiyalarini har xil bo‘lishi talab qilinadi. Globulinlarning molekular massalari yuqori bo‘lganligi uchun albuminlarga nisbatan osonroq cho‘kmaga tushadi, ya’ni globulinlarni cho‘ktirish uchun yarim to‘yingan eritmalar kerak bo‘lsa, albuminlar uchun o‘ta to‘yingan eritmalar talab qilinadi. Natriy xlorid ammoniy sulfatga nisbatan oqsillarni cho‘kmaga tushirishda sustroq qatnashadi, chunki xlorid ioni sulfat ioniga nisbatan oqsil kolloididagi suv qobig‘ini salgina sustroq yemiradi. Tuz eritmalari ionlarining bunday xususiyati to‘g‘risidagi ma’lumot quyidagi Gofmeyster qatorida keltirilgan: Oqsillarni cho‘ktirishda NaCl, NH 4 Cl, Na 2 SO 4 yoki MgSO 4 lardan foydalanilsa, globulinlarni cho‘ktirish uchun eritmani shu tuzlardan biri bilan to‘la to‘yintirish kifoya. Cho‘kma ajratib olinganidan keyin cho‘kma 26 usti suyuqligi tarkibidagi albuminlarni ham cho‘ktirish uchun unga sirka kislota qo‘shib nordonlashtirish kerak bo‘ladi. Neytral tuzlar eritmalari ta’sirida oqsillarning cho‘kmaga tushishi qaytar jarayon bo‘lib, bu cho‘kmalarni suvda eritganda qaytadan erish qobiliyatiga ega bo‘ladi, ya’ni bu oqsillar o‘zlarining biologik (fermentativ, antigen, immunologik, gormonal) va fizik-kimyoviy xususiyatlarini saqlab qoladi. Oqsillarni har xil to‘yinish darajasida cho‘ktirish fermentlar, oqsil preparatlari, kristall (liofilizasiyalangan) oqsillarni olishda, shuningdek, ularni boshqa moddalardan ajratish hamda tozalash maqsadida fraksiyalashda keng qo‘llaniladi. Bu ishni bajarish uchun ikki xil tajriba o‘tkazish tavsiya qilinadi Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling