M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 


23 
1. 
Tirik organizmlarda oqsillar qanday funksiyalarni bajaradi? 
2. 
Oqsillar qanday tasniflanadi? 
3. 
Qanday oqsillarga oddiy oqsillar deyiladi? 
4. 
Oddiy oqsillarga qaysi oqsillar kiradi? 
5. 
Qanday oqsillarga murakkab oqsillar deyiladi? 
6. 
Murakkab oqsillarni qisqacha tavsiflang. 
7. 
Oqsillarning amfoterligi nima? 
8. 
Oqsillarning izoelektrik nuqtasi nima? 
9. 
Qaysi muskul oqsili suvda erimaydi ? 
10. 
Sut tarkibida qaysi oqsil eng ko‘p uchraydi ? 
11. 
Mushak oqsillarini qanday ajratib olinadi? 
12. 
Sut kazeini, albumini va globulinini qanday ajratiladi? 
13. 
Bug‘doy (arpa,suli) oqsillarini qanday ajratiladi? 
14. 
Oqsillarni eruvchanligi qanday? 
3-mavzu. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalari 
Oqsil eritmalari yuqorida keltirilganidek kolloid eritma bo‘lganligi 
sababli ularni ma’lum sharoitlarda cho‘ktirish yo‘li bilan bor-yo‘qligini 
aniqlash va toza holda ajratib olish mumkin bo‘ladi. Oqsillarni 
cho‘ktirishning xilma xil reaksiyalari mavjud. Bu reaksiyalarni yuqori 
haroratda qaynatish yo‘li bilan va xona xarorati sharoitida o‘tkazish 
mumkin. Cho‘ktirish reaksiyalari foydalaniladigan cho‘ktirish usullariga 
qarab qaytar va qaytmas reaksiyalar bo‘ladi. Qaytar cho‘ktirish 
reaksiyalarida oqsillar tuzilishi jihatidan chuqur o‘zgarishlarga duch 
kelmaydi va hosil bo‘lgan cho‘kma dastlabki suvli erituvchida eriydi. 
Oqsillar bunda o‘zlarining dastlabki tabiiy tuzilishini saqlaydi va 
denaturatsiyaga uchramaydi. Qaytmas tavsifli cho‘ktirish reaksiyalarida 
oqsil chuqur o‘zgarishlarga duch keladi. Bunda hosil bo‘lgan oqsil 
cho‘kmasi dastlabki erituvchida erish qobiliyatini yo‘qotadi, ya’ni 
denaturasiyaga uchraydi. Denaturatsiyaga uchragan oqsil shunday 
o‘zgarishlarga duch keladiki, bunda u o‘zining biologik va fizik-kimyoviy 
xossalarini va gidrofilligini yo‘qotadi. Qaytmas cho‘ktirish reaksiyalarini 
qaynatish va har xil cho‘ktiruvchi moddalar (anorganik va organik 
kislotalar va og‘ir metal tuzlari) dan foydalanish asosida amalga oshirish 
mumkin. Oqsillarning qaytar cho‘ktirish reaksiyalarini neytral tuzlar: 
NaCl, (NH
4
)
2
SO
4
, MgSO
4
va boshqalardan foydalangan holda amalga 
oshirish mumkin. Tuz yordamida oqsillarni cho‘ktirishdan juda keng 
foydalaniladi. Shu yo‘l bilan ularni fraksiyalarini bir biridan ajratish 


24 
imkoniyati mavjud. Xususan, albuminlar va globulinlarni shu yo‘l bilan bir 
biridan ajratiladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling