M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-ish.Oqsillarni eruvchanligini aniqlash
Kerakli jihozlar: kolbalar, silkitib - aralashtiruvchi asbob, filtr qog‘oz,
voronka. Kerakli reaktivlar:distillangan suv. 21 Ishni bajarish tartibi.25 g bug‘doy yoki arpa, yoki suli uni olib kolbaga solinadi, uni ustiga 100 ml distillangan suv qo‘shib 1 soat davomida yaxshilab aralashtiriladi. Aralashtirish jarayonini samarali bo‘lishini ta’minlash uchun kolbadagi aralashmani silkitib - aralashtiruvchi asbobga o‘tkaziladi. So‘ng aralashmani sentrifugalanadi. Cho‘kma tashlab yuboriladi, cho‘kma usti suyuqligi esa filtr qog‘oz orqali filtrlanadi. Filtrlangan tiniq eritma nisbatan toza holdabo‘lgan albumin hisoblanadi. Chunki bunda globulin, prolamin va glutelinlar suvda erimaganligi sababli cho‘kmaga tushadi. 6-ish.Oqsillarni eruvchanligini aniqlash Oqsillar har xil eruvchanlikka ega. Ba’zi oqsillar distillangan suvda eriydi, boshqalari unda erimaydi-yu, tuzlarning juda kuchsiz eritmalarida erib, konsentrlangan eritmalarida cho‘kmaga tushadi. Uchinchi xil oqsillar, masalan prolaminlar (o‘simlik oqsillari), 60-80% li spirt eritmasida eriydi. Bundan tashqari shunday oqsillar ham bor-ki, ular boshqa oqsillar uchun maxsus erituvchi sifatida xizmat qiladigan eritmalar (distillangan suv, tuzlarning suyultirilgan eritmalari, kuchsiz kilotalar)da erimaydi. Erimaydigan oqsillar jumlasiga albuminoid (keratin, elastin, kollagen)lar - hayvonlarning tashqi qoplami, skeleti va biriktiruvchi to‘qimalari oqsillari kiradi. Oqsillar suvda kolloid eritma hosil qiladi. Kolloid eritmalar chin eritmalardan farqli o‘laroq, ularning dispersion zarrachalarini kattaligi ancha yirik (1millimikrondan 0,1 mikrongacha) bo‘ladi. Bu moddalar odatdagi qog‘oz filtrlardan o‘tib ketadi, lekin yarim o‘tkazgich membrana (ho‘kizning siydik pufagi, pergament, hayvon va o‘simlik membranasi) lardan o‘taolmaydi, ularni oddiy mikroskopda ko‘rib bo‘lmasa-da, ultramikroskopda ko‘rish mumkin bo‘ladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling