Kerakli biomateriallar:tuxum oqsili, bug‘doy oqsili.
Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar.
Kerakli reaktivlar: 10% li pikrin kislota, taninning to‘yingan eritmasi,
5% li kaliy ferrosianid (sariq qon tuzi) eritmasi, 10 % li sirka kislota.
Ishni bajarish tartibi. Oltita probirka olib, shtativga juft-juft qilib ikki
qatorga joylashtiriladi. Birinchi juftlikdagi probirkalarga 3 tomchidan 10% li
pikrin kislota, ikkinchi juftlikdagisiga 3 tomchidan taninning to‘yingan
eritmasidan, uchinchi juftlikdagisiga 3 tomchi 5% li kaliy ferrosianid
eritmasidan solib chiqiladi va ularning hammasiga 1 tomchidan 10% li
sirka kislota tomiziladi. So‘ng birinchi qatordagi uchta probirkaga 5
tomchidan tuxum oqsili, ikkinchi qatordagi uchta probirkaga bug‘doy
oqsili eritmasidan tomiziladi. Hamma probirkalarda ham cho‘kma hosil
bo‘lishi kuzatiladi
12-ish. Oqsillarni organik erituvchilar ta’sirida cho‘ktirish.
Oqsil eritmasiga ko‘p miqdorda spirt yoki aseton qo‘shilsa, oqsilning
loyqasi yoki pag‘a-pag‘a cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Bu reaksiya oqsil kolloid zarrachasining suvsizlanishiga asoslangan.
Bunda oqsil kolloid zarrachasining gidrat qavatidagi suv molekulalarini
suvi organik erituvchi tomonidan tortib olinadi va oqsil cho‘kmaga
tushadi.Oqsil neytral yoki kuchsiz kislotali eritmalarda oson cho‘kadi.
Agar aralashmaga elektrolit qo‘shilsa, cho‘kish tezlashadi. Shu narsa ham
e’tiborga molikki, organik erituvchilar past temperaturada 0-15° da qisqa
vaqt ichida ta’sir qilsa, oqsil nativ (yani tabiiy) holatini saqlab qoladi, bu
erituvchilar ko‘proq muddatda ta’sir qilsa, oqsil denaturatsiyaga uchraydi
Kerakli biomateriallar:tuxum oqsili, bug‘doy oqsili.
Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar.
Kerakli reaktivlar: etanol 96 %yoki atseton
Do'stlaringiz bilan baham: |