M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150
Ishni bajarish tartibi. Ikkita probirka olib ularning har biriga 5 
tomchidan 1 % li tuxum oqsili, iikinchisiga bug‘doy oqsilidanva ularning 
har biriga 20-25 tomchidan 96% li spirt yoki aseton qo‘shiladi, eritmalar 
loyqalanadi. Ularning ustiga 1 tomchidan NaOH ning to‘yingan 
eritmasidan qo‘shiladi. Biroz turgach 
oqsilcho‘kmaga
tushadi.
 


30 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalari nimaga bog‘liq?
2. Oqsillarni cho‘kmaga tushirish mexanizmi nimaga bog‘liq? 
3. Qanday harorat sharoitlarida oqsillarni cho‘ktirish mumkin? 
4. Oqsillarni cho‘ktirish qanday usulda amalga oshiriladi ? 
5. Oqsillar qanday eritmada cho‘kmaga tushmaydi ? 
6. Oqsillarni alkaloid reaktivlar bilan cho‘ktirish qanday guruhlarga 
soslangan? 
7. Denaturatsiya nima? 
8. Renaturatsiyachi? 
9. Oqsillarning qaytar va qaytmas cho‘ktirilishi nimaga bog‘liq? 
10. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalaridan nimada foydalaniladi? 
11. Oqsillarni tasniflanishi. 
12.Oddiy oqsillarga qaysi oqsillar kiradi? 
13.Murakkab oqsillargachi? 
14. Oqsillarni cho‘ktirish reaksiyalarida qaysi neytral tuzlardan 
foydalaniladi? 
15. Oqsillarni cho‘ktirishda qaysi organik kislotalardan foydalaniladi? 
 
4-mavzu. Oqsillarga xos rangli reaksiyalar 
Oqsillarga xos rangli reaksiyalar, bu moddalarning molekular 
tuzilishini turli tumanligi va ularning tarkibiga kirgan aminokislotalarning 
xossalariga bog‘liqdir. Aminokislotalar atsillanish, alkillanish, nitrollanish, 
eterifikasiya va boshqa xil reaksiyalarga kirishadi. Hamma aminokislotalar 
ningidrin bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ko‘k-binafsha rangga 
bo‘yaladi. Ularni miqdoriy ko‘rsatkichini kimyoviy usulda aniqlash ham, 
avtomatik analizator yordamida aniqlash ham shu reaksiyaga asoslangan. 
Bundan tashqari alohida olingan aminokislotalar har xil sifatiy 
reaksiyalarni namoyon qiladi, masalan, tirozin nitrit kislota ishtirokida 
simob nitrat tuzi bilan qizil rangga bo‘yaladi(Millon reaksiyasi), 
fenilalanin va tirozinlar konsentrlangan nitrat kislota ishtirokida sariq rang 
hosil qiladi (Ksantoprotein reaksiyasi), triptofan glioksil kislota ishtirokida 
sulfat kislota bilan ta’sirlanib ko‘k- binafsha rangga bo‘yaladi (Gopkins -
Kol va Adamkevich reaksiyasi), arginin alfa-naftol va natriy gipoxlorit 
bilan ta’sirlanib qizil rang hosil qiladi (Sakaguchi reaksiyasi), sistein natriy 
nitroprussid va 1,3-naftoxinon-4-sulfonat natriylar bilan qizil rangga 
bo‘yaladi(Mak-Karti va Sallivan reaksiyalari), gistidin va tirozinlar 
ishqoriy muhitda diazotlangan sulfon kislotasi bilan ta’sirlanib qizil rangga 


31 
bo‘yaladi (Pauli reaksiyasi), sistein yoki sistin ishqoriy muhitda 
qo‘rg‘oshin asetat bilan reaksiyaga kirishib qora rangga bo‘yaladi (Fol 
reaksiyasi), tirozin fosfomolibdenovolframat kislotasini natriyli tuzi bilan 
reaksiyaga kirib ko‘k rang hosil qiladi (Folina – Chiokalteu reaksiyasi). 
Bu reaksiyalar oqsil tarkibidagi turli xil aminokislotalar, spesifik 
funksional guruhlar yoki peptid bog‘larning xossalariga asoslangan. 
Bir qancha kimyoviy moddalar oqsilga ta’sir etganda reaksiya 
mahsuloti sifatida turli rangli birikmalar hosil qiladi. Xuddi shu reaksiyalar 
asosida oqsillar va ularning tarkibidagi aminokislotalarni sifat va miqdor 
jihatdan aniqlash usullari ishlab chiqilgan. 
Rangli reaksiyalar tabiatiga ko‘ra ikki xil: universal va o‘ziga xos 
rangli reaksiyalarga bo‘linadi. Birinchi turdagi reaksiyalar hamma oqsillar 
uchun (biuret va ningidrin) xos bo‘lib, ikkinchi xili esa oqsil molekulasida 
u yoki bu xil aminokislota qoldiqlari borligini aniqlashga (Ksantoprotein, 
Millon, Fol, Sakaguchi, Pauli, Gopkinsa–Koll va Adamkevich reaksiyalari 
va boshqalar) qaratilgan. Aminokislotalarni biologik suyuqliklar yoki 
tuzilma ekstratlarida o‘ziga xos reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. 
Rangli reaksiyalarni amalga oshirishda tuxum oqsili, jelatina eritmalari, bir 
necha marta suyultirilgan qon zardobi, turli hayvon va o‘simlik to‘qimalari 
ekstraktlari, shuningdek yuqorida oqsillarni ajratib olishga oid darsda 
tayyorlangan oqsilli materiallardan foydalanish mumkin bo‘ladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling