M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


  20- ish. Oqsil tarkibidagi triptofanning oksimetilfurfurol bilan


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150
 


40 
20- ish. Oqsil tarkibidagi triptofanning oksimetilfurfurol bilan 
reaksiyasi 
Oqsil 
tarkibida 
triptofan 
aminokislotasi 
borligini 
uning 
oksimetilfurfurol bilan o‘tkaziladigan reaksiyasidan foydalanish mumkin. 
Reaksiya oqsil sulfat kislotasi bilan ta’sirlanish orqali gidrolizlanish 
reaksiyasiga asoslangan bo‘lib, bunda oqsilning gidrolizidan triptofanning 
ajralishi yuz bersa, saxarozaning gidrolizlanishidan glukoza va fruktoza 
hosil bo‘ladi. Kimyoviy jarayonning davom etishi tufayli fruktoza ham 
oksidlanib oksimetilfurfurolga aylanadi va bu modda o‘z navbatida 
triptofan bilan ta’sirlanib, ularning kondensatsiyalanish mahsulotini hosil 
qiladi. 
Kerakli biomaterialar:tuxum oqsili, 1% li jelatina eritmasi, sut oqsili 
eritmasi. 
Kerakli jihozlar: Shtativ, probirkalar, pipetkalar. 
Kerakli reaktivlar:10 % li saxaroza,konsentrlangan sulfat kislota. 
Ishni bajarish tartibi.3 ta probirka olib birinchisiga tuxum oqsilidan 
5 tomchi, ikkinchisiga jelatina eritmasidan 5 tomchi, uchinchisiga sut 
oqsilidan 5 tomchi tomiziladi. So‘ng probirkalarning hammasiga 3 
tomchidan 10 % li saxaroza eritmasi qo‘shiladi. Probirkalarning har biriga 
ularning devori bo‘ylab 2 tomchidan konsentrlangan sulfat kislota 
tomiziladi. Birinchi va uchinchi probirkalarning suyuqliklari tutashgan 
joyda qizil rang paydo bo‘ladi. Ikkinchi probirkadagi jelatina tarkibida 
triptofan aminokislotasi yo‘qligi sababli bunday rang paydo bo‘lmaydi. 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. 
Oqsillar qanday reaksiyalarga kirishadi? 
2. 
Oqsillarga 
qandayrangli
reaksiyalar xos? 
3. 
Oqsillarga xos rangli reaksiyalar necha xil bo‘ladi ? 
4. 
Oqsillarga xos umumiy reaksiyalar qaysilar ? 
5. 
Biuret reaksiyasi qanday o‘tadi ? Uning tenglamasini yozing. 
6. 
Ningidrin reaksiyasi qandaybo‘libo‘tadi? Uning tenglamasini 
yozing. 
7. 
Ksantoprotein reaksiyasi qanday o‘tadi ? Uning tenglamasini 
yozing. 
8. 
Millon reaksiyasi qaysi aminokislotaga xos rangli reaksiya? 
9. 
Fol reaksiyasi orqali qaysi aminokislotalarni aniqlash mumkin? 
10. 
Sakaguchi reaksiyasiqaysi aminokislotaga xos reaksiya? 


41 
11. 
Adamkevich 
reaksiyasi 
orqali 
oqsil 
tarkibida 
qaysi 
aminokislotani borligi aniqlanadi? 
12.Triptofanning oksimetilfurfurol bilan reaksiyasi qanday bajariladi? 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling