M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


- ish. Sakaguchi reaksiyasi


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   150
18- ish. Sakaguchi reaksiyasi 
Sakaguchi reaksiyasi guanidin 
-guruhiga xos reaksiya bo‘lib, 
bunda turli oqsillar yoki polipeptidlar, ishqoriy sharoitda gipobromid va α- 
naftol bilan reaksiyaga kirishib, qizil rangli kompleks hosil qiladi. Bu 
reaksiyaning 
unumi 
oqsillar 
tarkibidagi 
arginin 
aminokislotasining 
konsentratsiyasiga bog‘liq. Arginin gipobromid ta’sirida (oksidlovchi 
sifatida) α-naftol bilan kondensatsiyalanadi. Reaksiya vaqtida brom natriy 


38 
bilan biriksa, arginin α-naftol molekulasidagi naftalin yadrosnning β-
holatiga birikadi va naftil arginin hosil qiladi:
Reaksiya faqat argininga xos bo‘lmasdan, balki tarkibida guanidin 
guruhi bo‘lgan boshqa moddalar (metil-guanidin, glikosamin va almatin) 
ham bu reaksiyani berishi mumkin. Lekin bu birikmalar oqsil tarkibida 
uchramaydi, shuning uchun reaksiyaga halaqit bermaydi. Shunday 
qilib,ushbu reaksiya oqsillar tarkibida uchrovchi argininga tegishli yagona 
reaksiya bo‘lganligi sababli undan oqsillar tarkibida bu aminokislotani 
aniqlashning ham sifatiy, ham miqdoriy tahlilida foydalanish mumkin 
bo‘ladi. 
Kerakli biomaterialar:tuxum oqsili, bug‘doy oqsili, 0,05 % li arginin 
eritmasi. 
Kerakli jihozlar:shtativ, probirkalar, pipetkalar, spirt lampa yoki suv 
hammomi. 
Kerakli reaktivlar:10 % li natriy ishqori eritmasi,α- naftolning 
spirtdagi 0,1 % li eritmasi, 2 % li gidrobromid eritmasi. 
Ishni bajarish tartibi. 3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi 1 % li 
tuxum oqsili, ikkinchisiga 5 tomchi 1% li bug‘doy oqsili, uchinchisiga 5 
tomchi 0,05% li arginin eritmasidan quyib, hamma probirkalarga 5 
tomchidan 10% li o‘yuvchi natriy, 3 tomchi α - naftolning spirtdagi 0,1% 
li eritmasi va 2 tomchi dan 2% li gipobromid eritmasidan tomiziladi. 
Probirkalardagi 
suyuqliklarqizil
rangga kiradi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling