6- Mavzu. Oqsillarni miqdoriy ko‘rsatkichlarini aniqlash
Oqsillar tirik organizmlar massasini asosiy qismini tashkil qilganligi
sababli biomateriallar tarkibidagi ularning miqdorini aniqlash muhim
ahamiyatga
ega.
Biomateriallar
tarkibidagi
oqsillarni
miqdoriy
ko‘rsatkichini kolorimetrik, azot miqdorini aniqlash orqali, refraktometrik
va spektrofotometrik uslublar asosida aniqlanadi. Oqsillarni miqdoriy
ko‘rsatkichini kolorometrik aniqlash biuret reaktivi yordamida va Louri
metodidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
Darsning
maqsadi.Biokimyoviy
tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan
oqsillarni miqdoriy tahlil qilish uslublarini o‘rganish va ularni o‘tkazish
malakalarini shakllantirish.
23-ish. Kolorimetrik uslubda oqsil miqdorini aniqlash
1-tajriba. Biuret reaktivi yordamida oqsilni aniqlash
Yuqorida keltirilganidek bu usul oqsil biokimyosida eng ko‘p
qo‘llaniladigan uslublardan biri hisoblanadi. U oqsillarning birlamchi
tuzilmasini hosil qiluvchi peptid bog‘larning ishqoriy muhitda ikki valentli mis
ionlari bilan birikib kompleks birikma hosil qilish orqali binafsha rangga
bo‘yalishiga asoslangan.
Kerakli biomaterial: oqsilli eritma, ya’ni dorixonada sotuvda bo‘lgan
albumin oqsili (liofilizasiyalangan).
Kerakli jihozlar: FEK, shtativ, probirkalar, pipetkalar.
Kerakli reaktivlar:1.Oqsilning standart eritmasi, masalan, 1 ml da 10
mg oqsil tutuvchi zardob albumini.
2. Quyidagi tartibda tayyorlangan biuret reaktivi. 0,15 g CuSO
4.•.
5H
2
O
va 0,6 g NaKC
4
H
4
O
6
•4H
2
O (vino kislotasini natriy - kaliyli tuzi)ni 50ml
distillangan suv solib aralashtirilib eritiladi va uni ustiga 30 ml 10 % li
NaOH hamda 0,1 g KI qo‘shiladi, keyin aralashmaning umumiy hajmi
distillangan suv yordamida 100 ml ga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |