M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150
Ishni bajarish tartibi. Oldindan albuminning standart eritmasiga 
asoslangan holda kalibrlangan egri chiziq chiziladi. Buning uchun 1 ml da 
2 mg dan 10 mg gacha oqsil eritmasisga 4 ml biuret reaktivi qo‘shib 
yaxshilab aralashtiriladi va uy havosi haroratida 30 daqiqa saqlanadi, so‘ng 
FEK da 540 nm to‘lqin uzunligida kolorimetrlanadi. Olingan 


47 
ma’lumotlardan foydalanib kalibrlangan egri chiziq grafigi chiziladi (3-
rasm).Tadqiq qilinuvchi eritmalardagi oqsilning miqdorini aniqlashda ham 
kalibrlangan egri chiziq grafigiga asoslangan holda hisoblab topiladi. 
Tahlil natijalarini umumlashtirganda shu narsaga e’tiborni qaratish 
lozimki, aralashmada ammoniy tuzlarining bo‘lishi tahlilning aniqligiga 
halaqit beradi. 
2-tajriba. Louri-Folin-Chokalteu
uslubi
yordamida oqsil miqdorini 
aniqlash 
Bu uslub aromatik aminokislotalarning Folin reaktivi yordamida 
peptid bog‘larning biuret reaksiyasi bilan birgalikda bo‘yalgan 
mahsulotlarning hosil qilishiga asoslangan. Louri metodi bo‘yicha oqsil 
miqdorini aniqlashning sezgirlik darajasi juda yuqori bo‘lib, namuna 
tarkibida 10-100 mkg oqsil bo‘lganda ham aniqlash imkonini beradi. 
Kerakli biomaterial:oqsilli eritma namunasi dorixonalarda sotuvda 
bo‘lgan albumin. 
Kerakli jihozlar: FEK,shtativ, probirkalar, pipetkalar. 
Kerakli reaktivlar:Na
2
CO
3
ning 0,1 N NaOH dagi 2 % li eritmasi (1), 
CuSO
4
•5H
2
O ning 1 % li natriy sitratdagi 0,5 % li (2) eritmasi. Ishchi 
eritmani tayyorlash uchun ( 2) reaktivini 1 ml ni(1) reaktivning 50 ml bilan 
aralashtiriladi.
Folin-Chokalteu reaktivuini quyidagi tarzda (tayyorlash: 10 g 
Na
2
WoO
4
•2H
2
O va 2,5 g Na
2
MoO
4
•2H
2
O ni 250 ml li yumaloq tubli 
kolbaga solinadi, uni ustiga 70 ml distillangan suv qo‘shib yaxshilab 
aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmaga 5 ml 85% li fosfat kislota va 10 
ml konsentrlangan xlorid kislota qo‘shiladi. Kolbaga teskari sovutkichli 
moslamaga ulab, asbest qog‘ozli elektroplitka ustiga joylashtiriladi va 10 
soat 
davomida 
qaynatiladi. 
So‘ng 
aralashmaga 15 g Li
2
SO
4
, 5 ml suv va bir 
tomchi brom qo‘shiladi. Aralashma sovitilib, 
distillangan suv yordamida hajmi 100 ml ga 
yetkaziladi. Hosil bo‘lgan eritma 1 Nkislota 
darajasidagi nordonlikka ega bo‘lgunga 
qadar suv qo‘shiladi(ya’ni taxminan ikki 
marta suv yordamida suyultiriladi). Buning 
uchun reaktivning nordonligi fenolftalein 
ishtirokida 10 marta suyultirilgan 0,1 N 
natriy ishqori bilan titrlanadi. Tayyorlangan 


48 
Folin-Chokalteu reaktivini yorug‘likdan himoyalangan idishda uzoq 
muddatda saqlash mumkin bo‘ladi). 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling