2- tajriba. Kazeinning izoelektrik nuqtasini aniqlash
Ishni bajarish tartibi. 7 ta probirkaga 0,02 M CH
3
COOH va
distillangan suv (4-jadvalda ko‘rsatilgan miqdorda) quyiladi. Hamma
probirkaga 0,2 ml dan natriy atsetatning 0,2 M eritmasida eritilgan 0,4% li
kazeindan quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu vaqtda hamma
(chekkalaridagidan tashqari) probirkalar (1va 7 chi)da cho‘kma hosil
bo‘ladi. Qaysi probirkaning pH ko‘rsatkichi kazeinning izoelektrik
nuqtasiga to‘g‘ri kelsa, shu probirkada loyqa ko‘p bo‘ladi. Kazeinning
izoelektrik nuqtasiga oid ma’lumotlar ham yuqorida keltirilgan tartibdagi
tarzda rasmiylashtiriladi(4- jadval) va loyqalanish darajasi + va -
ishoralari yordamida ifodalanadi.
4-jadval
Kazeinning izoelektrik nuqtasini aniqlash
№
0,2 M
sirka
kislotaning
miqdori
/ml
Suvning
miqdori
/ml
0,2 M natriy
asetatdagi
0,4% kazein
miqdori /ml
Aralashmaning
pH
ko‘rsatkichi
Loyqalanish
darajasi
1
1,6
0,4
0,2
3,8
2
0,8
1,2
0,2
4,1
3
0,4
1,6
0,2
4,4
4
0,2
1,8
0,2
4,7
5
0,1
1,9
0,2
5,0
6
0,06
1,94
0,2
5,3
7
0,03
1,97
0,2
5,6
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Oqsil eritmalaridan, anorganik moddalardan tozalash qanday tomoyilga
muvofiq amalga oshiriladi?
2. Dializ deb nimaga aytiladi ?
3. Dializ bo‘lib o‘tganini qanday reaksiyalarga asosan aniqlash mumkin?
4. Elektrodializ qanday amalga oshiriladi?
5. Oqsillarning izoelektrik nuqtasi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
46
6. Oqsillarning izoelektrik nuqtasi qanday pH chegaralarida bo‘ladi?
7. Oqsillarni izoelektrik nuqtasini qanday aniqlanadi?
8. Oqsillar izoelektrik nuqtada elektr maydonida qanday holatda bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |