M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli reaktivlar
Kerakli jihozlar: 100 ml hajmdagi yumaloq tubli kolba, o‘lchagich
silindr, yumaloq tubli kolbaga mos bo‘lgan havo sovitkichi vazifasini bajaruvchi shisha nay o‘rnatilgan tiqin, qisqichlari bilan birgalikdagi shtativ, gaz gorelka yoki spirt lampa, pipetkalar, 5 ml li o‘lchov probirkasi, pipetkalar,mikrobyuretkalar, Kerakli reaktivlar:Konsentrlangan xlorid kislota va uning 1 % li eritmasi, 10 % va 0,005 N natriy ishqori eritmasi, mis sulfatning 1 % li eritmasi, pista ko‘mir, neytral formalin 20% li,fenolftaleinning 0,1% li spirtdagi eritmasi. 1-tajriba. Oqsilni kislotali gidrolizlash Ishni bajarish tartibi. Yumaloq tubli kolbaga oqsil (tuxum, bug‘doy, sut) eritmasidan 20 ml va konsentrlangan xlorid kislotadan 5 ml (zichligi 1,19 bo‘lgan) qo‘shib, kolba sovitgich vazifasini bajaruvchi uzun shisha nay bilan birlashtiriladi va asbest to‘rli shtativga o‘rnatiladi (8-rasm). Kolbadagi aralashma mo‘rili shkafga joylashtirilib, qaynatish yo‘li bilan gidroliz o‘tkaziladi. Gidroliz jarayonini to‘liq amalga oshishi uchun yetarlicha vaqt talab qilinadi.Gidrolizni ketish jadalligini kuzatish uchun oqsilning parchalanish darajasiga mos holda oraliq parchalanish mahsulotlari tarkibidagi karboksil va aminoguruhlarning miqdorini oshishiga e’tiborni qaratiladi. Bunda kislotali gidroliz natijasida peptid va aminokislota fragmentlari hosil bo‘libgina qolmay, balki ulardan tashqari ammiak, vodorod sulfid, gidrolizning bo‘yalgan mahsulotlari, gumin moddalar va boshqalar ham hosil bo‘ladi. Shu bois, gidrolizatdan ma’lum vaqt birligida (1,2,5 va x.k. soatlar o‘tgandan keyin) 5 ml dan ajratib olib, pista ko‘mir bilan ishlov 59 beriladi, keraksiz mahsulotlar adsorbsiyalaniadi va eritma filtrlangandan keyin ishqoriy eritma va indikator (fenolftalein) yordamida neytrallanadi. Aminokislotalarning karboksil guruhlarini titrlash yo‘li bilan aniqlab, bu miqdor aminoguruhlarga ekvivalentligini e’tiborga olib bir yo‘la aminoguruhlar miqdorini ham baholash mumkin bo‘ladi. Oqsil gidrolizining nihoyaga yetishi gidrolizatdagi amin va karboksil guruhlari miqdorini oshib borishini to‘xtashi va biuret reaksiyasini ijobiy bo‘lmay qolganiga qarab aniqlanadi. Gidrolizning har xil bosqichlaridagi jarayonlarni kuzatish va baholash uchun 2- tajriba o‘tkaziladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling