M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
- tajriba. Syorenson bo‘yicha formol titrlash orqali oqsillarni
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
2- tajriba. Syorenson bo‘yicha formol titrlash orqali oqsillarni
kislotali gidrolizlanish darajasini aniqlash Ma’lumki, oqsillarni gidrolizlaganda peptid bog‘larni uzilishi evaziga karboksil va amin guruhlarning gidrolizlanish ko‘rsatkichiga mos holda ekvivalent miqdorda ortib borishi kuzatiladi. Karboksil guruhlarning miqdorini aniqlash uchun Syorensonning formol uslubidan foydalaniladi. Gidroliz natijasida hosil bo‘lgan aminokislotalar suvli eritmalarda molekula oraliq tuzlar hosil qiladi, shu sababli ularning aminoguruhlarini formaldegid bilan bog‘lab (blokirovka qilib) qo‘ygandan keyin karboksil guruhini ishqor yordamida titrlash yo‘li bilan aniqlanadi. Jarayon quyidagicha reaksiyalar asosida kechadi, bunda: 1. Aminokislota formaldegid bilan reaksiyaga kirishib o‘zining asosli xossasini yo‘qotadi va karboksil guruhi saqlanib qoladi. 2. Hosil bo‘lgan metilenli birikma (metilenaminokislota)ni osongina ishqor yordamida titrlash mumkin bo‘ladi va bu reaksiyadan foydalanib aralashmadagi karboksil guruhlar miqdorini aniqlash imkoniyati tug‘iladi. 60 Ishni bajarish tartibi. 1. Gidrolizgacha oqsil eritmasidagi karboksil guruhi miqdorini titrlash yo‘li bilan aniqlash. Buning uchun 1 ml oqsil eritmasiga 5 tomchi neytral formalin eritmasi va 3 tomchi fenolftalein qo‘shib, 0,005 N natriy ishqori eritmasi solingan mikrobyuretka yordamida och pushti rang hosil bo‘lguncha titrlanadi. 2. Gidroliz vaqti har xil bo‘lgan muddatlarda oqsil gidrolizatidagi karboksil guruh miqdorini aniqlash. Oqsillarni gidrolizi bosqichma-bosqich amalga oshishi va gidrolizning to‘liq nihoyasiga yetishi erkin aminokislotalar hosil bo‘lishi bilan yakunlanishini e’tiborga olib gidroliz o‘tkazilayotgan kolbadagi aralashmadan 1, 2, 3 va 5 soat muddatlar oralig‘ida 5 ml dan ajratib olib har safar bir chimdim pista ko‘mir qo‘shiladi va 5 daqiqa davomida qaynatiladi. Bunda aralashma oqaradi va qaynatish tufayli uning ma’lum miqdori kamayishini e’tiborga olib, uni 5 ml li o‘lchov probirkasiga ko‘chirib hajmini distillangan suv yordamida o‘lchov chizig‘igacha yetkaziladi. So‘ng bu aralashmalardan har safar alohida idishga 1,25 ml ajratib olib ustiga 3 tomchidan fenolftalein eritmasi tomiziladi, aralashmani mikrobyuretkaga oldindan solib qo‘yilgan 10 % li natriy ishqori yordamida och pushti rang hosil bo‘lguncha titrlanadi. Bunda ishqor xlorid kislotani neytrallash uchun ishlatilmaydi va shuning uchun uning miqdoriy ko‘rsatkichi e’tiborga olinmaydi. Agar neytralizatsiya paytida aralashmani rangi ochiq qizil bo‘lib qolsa, unda tomchilab rangsizlangincha 1 % xlorid kislota qo‘shiladi, uning oshiqcha miqdorini esa, 0,005 N natriy ishqori yordamida titrlab rangini och pushti rangacha yetkaziladi. Bundan keyin formalinning neytral eritmasidan 5 tomchi qo‘shiladi. Aralashmaga formaldegid qo‘shilgandan keyin, gidrolizat fragmentlaridagi aminoguruhlarning bloklanishi (metilenlanishi) va karbosil guruhlarning bo‘shab qolishi yuz beradi va reaksion muhitdagi och pushti rang yo‘qoladi. Nihoyat tajribalardagi fragmentlarning erkin karboksil guruhlarini aniqlash uchun har gal aralashmalarni mikrobyuretkaga solib qo‘yilgan 0,005 N natriy ishqori eritmasi bilan titrlanadi va sarf bo‘lgan ishqor miqdori qayd qilinadi. Bu xildagi tahlillar gidrolizni boshlamasdan oldingi, gidroliz boshlangandan 1 soatdan keyingi, gidroliz boshlangandan 2 soatdan keyingi, gidroliz boshlangandan 3 soatdan keyingi, gidroliz boshlangandan 5 soatdan keyingi namunalarda o‘tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling