M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
1. tajriba. Qoramol yoki qo‘yning talog‘i yoki jigaridan
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
73 1. tajriba. Qoramol yoki qo‘yning talog‘i yoki jigaridan nukleoproteinlarni ajratib olish Ishni bajarish tartibi.Chinni hovonchaga 2 g taloq yoki jigar to‘qimasidan olib oldin qon qoldiqlaridan xolis qilish uchun sovitilgan 0,9%NaCl eritmada biroz ushlab turiladi. So‘ng to‘qimani filtr qog‘oz o‘rtasiga qo‘yib namini tortib olinadi.Uni hovonchaga o‘tkazib shisha bo‘laklari va 70 ml 1 M NaCl eritmasidan oz-ozdan qo‘shib 15-20 daqiqa oralig‘ida yaxshilab yanchiladi. Hosil bo‘lgan aralashmani sentrifuga probirkalariga ko‘chirib 3000g/daqiqa tezlanishda 10-15 daqiqa aylantiriladi. Sentrifugatni stakanga ko‘chirib o‘tkazib, unga 6 karra hajmda suv qo‘shiladi. Aralashmada nukleoproteinlarning ipchalari hosil bo‘ladi, uniyog‘ochtayoqcha yordamida porbirkaga yig‘ib olinadi va keyingi tajribalarda ishlatish uchun olib qo‘yiladi. 3- tajriba. Dezoksiribonukleoproteinni ajratib olish 4- Ishni bajarish tartibi.1-2 g taloq yupqa qilib skalpel yordamida kesib olinib fiziologik eritmada 2 daqiqa tutib turiladi va uni filtr qog‘ozlar o‘rtasiga qo‘yib suvi qochiriladi. So‘ng taloq hovonchaga ko‘chirilib shisha maydachalari qo‘shib yanchiladi. Aralashmaga oz-ozdan 1 M NaCl qo‘shib borilib, uning hajmi 70-80 mlga yetkaziladi va 15–20 daqiqa davomida yanchiladi. Aralashma sentrifuga probirkalariga o‘tkazilib, tarozida tenglanadi(muvozanatni yuzaga keltirishda shisha maydachalaridan foydalaniladi. Hosil bo‘lgan aralashma 10-15 daqiqa davomida sentrifugalanadi va sentrifugatning umumiy hajmi o‘lchov silindrida aniqlanadi. Aralashmani 300ml li stakanga ko‘chirilgandan keyin sentrifugat hajmiga olti karra hajmdagi distillangan suvni yog‘och tayoqchani aylantirgan holda asta-sekinlik bilan qo‘shiladi. Yadro nukleoproteidini ipchasini yog‘och tayoqchani aylantirib o‘rab ajratib boriladi va boshqa probirkaga o‘tkaziladi hamda dezoksiribonuklein kislotaga xos sifat reaksiyasini o‘tkazish uchun foydalaniladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling