M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi.
5- tajriba. Dezoksiribonuklein kislotaga xos sifat reaksiyasi Ishni bajarish tartibi.3-tajribada ajratib olingan cho‘kma ipchadan ozginasini toza probirkaga o‘tkazilib 0,5-1 ml natriy ishqorining 0,4 % li eritmasi qo‘shib eritiladi. Aralashmaga teng hajmda difenilamin reaktivi qo‘shiladi va qaynab turgan suv hammomida 15-20 daqiqa ushlab turiladi. 74 Bunda ko‘k rang hosil bo‘lishi taloqdan dezoksiribonuklein kislotani ajratib olinganligini isbotlaydi. Ribonuklein kislota difenilamin reaktivi bilan yashil rangga bo‘yalganligi uchun bu kislotani borligini aniqlashda ham bu reaksiyadan sifat reaksiyasi sifatida foydalanilishi mumkin. 10-mavzu. Nukleoproteinlarni gidrolizi va gidrolizat tarkibidagi moddalarga xos sifat reaksiyalari Nukleoproteinlarni 5-10 % li sulfat kislota yordamida bir soat davomida gidrolizlaganda ular oqsil va nuklein kislotagacha parchalanadi. Nuklein kislota keyinchalik alohida nukleotidlarga va birinchi galda purin, pirimidin asoslariga hamda fosfat kislotaga aylanadi. Nukleoproteidlarni erkin holdagi parchalanish mahsulotlarini, shuningdek pentozani maxsus reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin. Purin asoslarini kumush tuzlarini cho‘kmasini hosil qilish, fosfat kislotani ammoniy molibdat, pentozani orsin va flyuroglisin bilan yuz beradigan sifat reaksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Darsning maqsadi. Nukleoproteinlarni gidrolizi va undan hosil bo‘lgan mahsulotlarga xos bo‘lgan reaksiyalarni o‘rganish va bu sohaga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash. 30- ish. Nukleoproteinlarni kislotali gidrolizi Kerakli biomaterial:29- ishning 1- tajribasi va 2- tajribasida ajratib olingan nukleoprotein cho‘kmalari. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling