M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Aminokislotalarning tuzilishi, xossalari. 2. Aminokislotalarning tasniflanishi. 3. Gidrofob aminokislotalar. 4. Gidrofil aminokislotalar. 5. Nordon aminokislotalar. 6. Asosli aminokislotalar 7. Kislorod va oltingugurt tutuvchi aminokislotalar. 8. Oqsillarni qaysi uslublar yordamida gidrolizlanadi? 9. Kislotali gidroliz qanday amalga oshiriladi? 10. Xromatografiyaning qanday xillari mavjud ? 11. Qog‘oz xromatografiyasini qaysi xillari bor? 12. Rfqanday aniqlanadi? 13. Ikki o‘lchamli xromatografiya qanday o‘tkaziladi? 14. Xromatogrammani qanday bo‘yoq bilan bo‘yaladi? NUKLEIN KISLOTALAR Ma’lumki,1868 yil Shvesariya olimi F. Misher birinchi bo‘lib, odam qoni leykositlarini yadrosidan ilgari fanga ma’lum bo‘lmagan birikmani ajratib oldi va uni nukleinlar (lot.nucleus-yadro) deb atadi. Biroz keyinchalik shu F.Misher ishlagan laboratoriya xodimlari F. Goppe-Zeyler 68 va boshqalar, ular orasida rus olimi N. Lyubavin qushlar, reptiliyalarning eritrositlaridan, xamirturush hujayralaridan va boshqalardan nukleinlar ajratib olishgan edi. F. Misher 1889 yil nuklein-nordon reaksiyali tarkibida ko‘p miqdorda fosfor tutuvchi komponenti (nuklein kislota deb nomlangan) ni oqsil komponenti bilan birikmasidan iborat ekanligini isbotladi. Shunday qilib nuklein kislotalari va murakkab oqsillar nukleoproteinlar kashf qilindi. Uzoq vaqt davomida nukleoproteinlarning oqsil komponenti gistonlar va protaminlar deb yuritildi. Lekin 1936 yil molekulyar biologiyani asoschilaridan biri A.I.Belozerskiy tomonidano‘simliklardan ajratib olingan nukleoproteinlar tarkibida albumin va globulinlarga o‘xshash nordon oqsillarning borligi ham fanga ma’lum qilindi. XIX asrning 80 yillari nuklein xromosomalarning tarkibida bo‘lishi va shunga bog‘liq holda uning irsiy belgilarni avloddan avlodga ko‘chirishdagi ahamiyati to‘g‘risidagi tushunchalar shakllanaboshladi. XX asrning 40-50 yillarida mikroorganizmlarning irsiy belgilarini ko‘chirilishida dezoksiribonuklein kislota (DNK) larning ishtirok etishi isbotlandi.O.Everi,K. Mak-Leod va M.Mak-Kartilar dastlab mikroorganizmlarda transformatsiyalovchi agentning kimyoviy tabiatini fanga ma’lum qildi. Aslida genetik transformatsiyani F.Griffits tomonidan 1928 yilda ma’lum qilingan edi. U patogenlik xususiyatini pnevmokokk Diplococcus pneumonia shtammidan boshqa shtammiga ko‘chirishga erishdi. Bundan keyin u nopatogen shtamm va patogen shtamni o‘ldirilgan hujayralarini aralashtirgan holda sichqonlarni zararlantirdi hamda patogen holatni yuzaga keltirdi. Hozirgi kunda bakteriyalarning genetik tahlilida transformasiya xodisasidan keng foydalaniladi. Yuqori taraqqiy qilgan organizmlavrni hujayralarini ham transformatsiyalash mumkinligi isbotlandi. Shunday qilib nuklein kislotalari tirik organizmlarning,barcha tirik hujayralarning eng muhim komponentidir. Nuklein kislotalari ishtirokida hayotiy jarayonlarning moddiy asosi bo‘lgan oqsillar hosil bo‘ladi. Har bir tirik organizm boshqa organizmlardan farqlanuvchi o‘zining maxsus oqsillariga ega. Oqsillarning tuzilmaviy xususiyatlari DNK da “yozilgan” (“dasturlangan”) va ular qator avlodlarga DNK molekulasi orqali uzatiladi. Boshqa tipdagi nuklein kislotalari ribonuklein kislotalari (RNK) bo‘lib, oqsil biosintezini o‘zini zaruriy va eng muhim komponentlari hisoblanadi. Shu sababli organizm oqsillar eng ko‘p hosil bo‘ladigan to‘qimalarda RNK ni ko‘p miqdorda saqlaydi. Nuklein kislotalar va nukleoproteinlarni o‘rganish shu sababli muhimki, viruslar deyarli toza nukleoproteinlarning 69 o‘zi hisoblanadi. Ko‘pdan ko‘p virus kasalliklariga qarshi kurashni nuklein kislotalarning tuzilishi va xossalarini bilmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ayniqsa saraton (rak) kasalligini kelib chiqish sabablari va davolash usullari katta qiziqish uyg‘otadi, chunki bunda hujayraning nuklein kislotalari va oqsillari funksiyalarini izdan chiqishi yuz beradi, hamda bu jarayonda viruslarlarning bevosita ishtiroki bor. Nihoyat shu narsani ham e’tiborga olish lozimki, nuklein kislotalarning bo‘ laginukleotidlarmoddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi: - ulardan ba’zilari kofermentlar; - boshqalari hujayrada energiyani akkumulyatorlari; -uchinchilari-siklik nukleotidlar-moddalar almashinuvini boshqaruvchilari hisoblanadi. Nukleoproteinlarning kimyoviy tarkibini o‘rganish uchun qulay obyekt achitqi hujayralari hisoblanadi. Quruq achitqi massasi yoki undan ajratib olingan nukleoproteinni sulfat kislota yordamida gidrolizlansa, polipeptidlarga, purin va pirmidin asoslariga, uglevod komponentiga va fosfat kislotaga parchalanadi. Gidroliz mahsulotlarini maxsus sifat reaksiyalar yordamida aniqlash mumkin.Nukleoproteidlar quyidagicha parchalanadi: Polipeptidlar Biuret reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Purin asoslarini kumush oksidining ammiaklieritmasi , uglevodlarni Trommer yoki Feling reaktivlari, fosfat kislotani esa, ammoniy molibdat yordamida aniqlash mumkin. 70 Oqsillar mavzusidan ma’lumki, nuklein kislotalari dezoksiribonukleoprotein ma’lumotlari va ribonukleoproteinlar holida uchraydi, yani nukleogistonlar, nukleoprotaminlar kabi murakkab oqsillar, nukleoproteinlarning tarkibida gistonlar, protaminlar kabi oddiy oqsillar hisoblanadi. Nukleoproteinlarning tarkibida gistonlar, protaminlar kabi oddiy oqsillar DNK va RNK bilan birikkan (konyugirlangan) tizimda uchraydi. Agar bunday murakkab oqsillar xlorid kislota ta’sirida gidrolizlansa, aminokislotalar hamda oqsil bo‘lmagan oddiy moddalar erkin holda ajraladi. Oqsil bo‘lmagan oddiy moddalar orasida, asosan, nuklein kislotalarning gidrolizati mahsulotlari uchraydi Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling