M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28- ish. Aminokislotalarni qog‘oz xromatografiyasi usulida ajratish Kerakli biomaterial
- Kerakli reaktivlar
- Ishni bajarish tartibi.
Darsning maqsadi. Aminokislotalar aralashmasi, oqsil gidrolizati
tarkibidagi aminokislotalakrni qog‘oz xromatografiyasi usulida sifatiy va miqdoriy aniqlash ko‘nikmasini shakllantirish va shu mavzuga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash. 28- ish. Aminokislotalarni qog‘oz xromatografiyasi usulida ajratish Kerakli biomaterial:tuxum oqsilini gidrolizati. Kerakli jihozlar: xromatografiya qog‘ozi, ip, shisha, qora grafit qalam, Paster pipetkasi, diametri 2-2, 5 sm, uzunligi 18-20 sm li probirka, termostat, (quritkich shkaf), pulverizator, o‘lchov probirkasi, filtr qog‘oz, qaychi, pinsyet, chizg‘ich (lineyka), Petri idishi, Kerakli reaktivlar: Glyutamin kislota, alanin, leytsinlarning 0.001 M eritm alari, to‘yingan fenol eritmasi yoki butanol:sirka kislota:suv (4:1:1) aralashmali eritmasi. 1- tajriba. Yuqoriga ko‘tariluvchi xromatografiya 2- 65 Ishni bajarish tartibi. Eni 1,5 sm, uzunligi 15 sm keladigan ikkita xromatografiya qog‘ozi kesib olinib, yuqorisiga ip o‘tkazib ilib quyiladi. Qog‘oz lentalarning pastki chekkasidan 1 sm yuqoriga 3-4 mm diametrda qora grafit qalamda doira chizib qo‘yiladi.Qog‘ozlarning birini doirasi o‘rtasiga kapellyar yoki mikropipetka yordamida aminokislota aralashmasi (masalan, glyutamat kislota, alanin va lisin aralashmasi), ikkinchisinikiga gidrolizatdan tomiziladi va quritiladi. Diametri 2-2,5 sm uzunligi 18-20 sm keladigan ikkita probirka olib, devoriga tegizmasdan 15-20 tomchi (2 ml) suvga to‘yingan fenol (yoki butanol:sirka kislota: suv aralashmali eritmasi) quyiladi. Tayyorlangan qog‘oz lyentalarni bog‘langan ipdan shisha ilgakka ilib, 2-3 mm chuqurlikga- erituvchiga botguncha tushirilib, qog‘ozlarni probirka devoriga tekkizmay va aniq vertikal holatini saqlab, tiqin (qopqoq) bilan berkitib qo‘yiladi (9-rasm). Probirka 35-40 0 C li termostatda 90-120 daqiqa davomida qoldiriladi. Shu vaqt ichida erituvchi fronti 10-12 sm ga ko‘tariladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan keyin xromotogramma olinib, 25- 30daqiqa davomida to fenol yoki boshqa erituvchi batomom uchib ketguncha 50-100 0 C thermostat (quritgich shkafi)ga osib quyiladi. Erituvchi bug‘lanib ketgach, qog‘oz lentalarni olib shtativga ilib quyiladi va unga 0,5% ningidrin eritmasidan pulverzator yordamida purkaladi yoki kristalizatorga ningidrin eritmasi quyib, unga xromotografik qog‘oz botiriladi. Yana 100-110 0 C li quritgich shkafiga 5- 6 daqiqa ilib quyiladi. Natijada qog‘ozlarning aminokislota to‘xtagan joyi ko‘k, ko‘kish – binafsha ranga bo‘yaladi. Keyin chizg‘ich yordamida ikkala namunada ham har bir aminokislotani Rf ko‘rsatkichlari aniqlanadi va olingan natijalar bo‘yicha mulohaza yuritilib, tegishli xulosalar keltirib chiqariladi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling