M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. 
Nuklein kislotalar necha xil bo‘ladi ? 
2. 
Nuklein kislotalar kim tomonidan kashf etilgan ? 
3. 
Qanday azotli asoslarni bilasiz? 
4. 
Nukleozid nima? 
5. 
Nukleotidchi? 
6. 
DNK va RNK nima bilan farqlanadi? 
7. 
Nukleoproteinlar tarkibida oqsil mavjudligini qanday aniqlash 
mumkin? 
8. 
Azotli asoslar borliginichi? 
9. 
Pentozalarni mavjudliginichi? 
10. 
Fosfat kislota borliginichi? 
11. 
Komplementarlik nima? 
12. 
Nuklein kislotalar organizmda qanday funksiyalarni bajaradi? 
FERMENT (ENZIM)LAR 
 
Fermentlar 
yoki 
enzimlar 
oqsil 
tabiatli 
moddalar 
bo‘lib, 
biokatalizatorlik 
vazifasini 
bajaradi. 
Ferment 
atamasi 
lotincha 
«Fermentatio» «achish», «bijg‘ish» yoki grekcha «yen» - ichida, «zime» - 
achitqi atamalaridan olingan. Ular ta’sirida moddalarning parchalanishi 


78 
yoki kerakli moddalarning biologik sinteziga oid murakkab kimyoviy 
reaksiyalar, qisqa vaqt ichida, nisbatan past haroratlarda o‘tadi. Ular 
bunday biokimyoviy reaksiyalarni million, hatto, milliard marta 
tezlashtiradi, o‘zlari esa o‘zgarishsiz qoladilar. 
Ferment atamasini, birinchi marta, gollandiyalik tabiatshunos Van-
Gelmot tomonidan ovqatlik moddalarning hazm bo‘lishi uchun zarur 
bo‘lgan maxsus moddalarga nisbatan qo‘llanilgan. K. S. Kirxgoff 1814 yili 
arpa doni maysasidan olingan ekstraktli ta’sirda kraxmalni 
qandlanib,
maltozaga aylanishini ko‘rsatgan. 1883 yilda Payon bilan Perso arpa doni 
maysasi ekstraktidan spirt bilan cho‘ktirish orqali kraxmalni qandga 
aylantiruvchi diastaza fermentini ajratib olishadilar. Keyinchalik diastaza 
faolligi so‘lakda ham uchrashi aniqlangan. 
Fransiyalik Lui Paster(1822-1885) achish jarayonini har tomonlama 
o‘rganib spirtli bijg‘ish faqat mikroorganizmlar - achitqilar hayoti bilan 
bog‘liq, ulardagi fermentlar ichki fermentlar ya’ni enzimlardir, ular tashqi 
fermentlardan farq qiladi, deb tushuntirgan. Nemis olimi Libix(1803-1873) 
fermentlar to‘g‘risidagi bunday ikki xil tushunchani e’tiroz bilan qabul 
qilib, u mikroorganizmlarning hayot- faoliyatiga emas, balki hujayra 
ichidagi fermentlarga bog‘liq deb tushuntiradi. Bu muammoni 1897 yilda 
Byuxner 
deganolim
glukozani etil spirti vaCO
2
ga parchalaydigan erkin 
achitqi ekstraktini ajratib olishi bilan hal etib berdi. Bunday ekstraktni 
Byuxner zimaza deb atagan. Achish - zimaza ta’sirida hujayradan 
tashqarida 
o‘tishi isbotlandi. Keyinchalik spirtli achish bilan 
mushaklardagi glikoliz bir xil jarayon, ya’ni karbonsuvlarning anaerob 
sharoitda parchalanishi ekanligi isbotlandi. 
Fermentli moddalarning borligi to‘g‘risidagi tushunchalar I. P. 
Pavlovning ilmiy-tadqiqot ishlarida ham ma’lum bo‘lgan. U 1892 yili 
me’da shirasining hosil bo‘lishini, itlar ustida o‘tkazgan tajribalarida 
o‘rganib, me’da shirasi qancha ko‘p miqdorda ishlab chiqilsa, shuncha 
ko‘p miqdorda oqsilni parchalanishini isbotlagan, fermentlar ham oqsil 
tabiatli moddalar ekan deb xulosaga kelgan. 1926 yilda J. Samner degan 
olim uryeaza fermentini kristal holatda ajratib olgan. Xuddi shunday
1930-1936 yillarda Nortrop degan olim pepsin bilan tripsin fermentlarini 
ajratib olgan va ular oqsil tabiatli moddalar ekanligini isbotlagan. 
Shunisi tavsifliki, har bir ferment faqat maxsus bir kimyoviy 
o‘zgarishni katalizlaydi, ya’ni har bir ferment o‘ta maxsusligi bilan 
farqlanadi. Bunday maxsuslik faqat optimum temperaturani, muhit(pH)ni, 
maxsus aktivatorlarning ishtirokini talab etadi. Jumladan, pepsin uchun 


79 
optimum pH 1,5-2,5; tripsin uchun - 8-11; amilaza uchun - 6,7-6,9; lipaza 
uchun - 8,3-8,5; ishqoriy fosfataza uchun - 9,0 bo‘lganda ularning ta’sir 
etishi kuzatiladi. 
Ko‘pgina fermentlar o‘zlarining katalitik faolligini ma’lum bir 
moddalar, ionlar ishtirokida amalga oshiradi, ularni fermentlarning 
faollashtiruvchi moddalari(aktivatorlari) deb atashadi. Masalan, so‘lak 
amilazasi Cl
-
ishtirokida, arginaza – Co
++
, Ni
++
, Mn
++
, ATF-faza - Ca
++

membrana ATF-azasi - Na
+
, K
+
ishtirokida faollashadilar.
Ayrim moddalarning ionlari fermentlar faolligini susaytiradi. 
Aniqrog‘i, ferment molekulasining faol markazini chegaralaydi. Masalan, 
suksinatdegidrogenaza qahrabo kislotasini oksidlaydi. Agar reaksiya 
paytida malon kislotasi ishtirok etib qolsa, ferment o‘z ta’sirini qahrabo 
kislotasiga o‘tkazolmay qoladi: 
Bunday moddalarni fermentning ingibitori deb atashadi. Amalda 
ko‘pgina fermentlar uchun Ag
+
, Hg
++
, Pb
++
kationlari ana shunday 
ingibatorlik vazifalarini bajarishadi. 
Odatda fermentlarning nomi ular ta’sir qiladigan modda yoki tegishli 
biokimyoviy jarayonning lotincha nomi oxiriga «-aza» qo‘shimchasini 
qo‘shib tuziladi. Masalan, gidroliz jarayonini katalizlaydigan fermentlar 
gidrolazalar, 
oksidlanish 
jarayonini 
katalizlaydigan 
fermentlar 

oksidazalar deb ataladi. Shuningdek, saxarozaga ta’sir qiladigan ferment - 
saxaraza, laktozani parchalaydigan ferment - laktaza, kraxmal (lotincha 
«Amylum») ga ta’sir etadigan ferment - amilaza deb nomlanadi va hokazo. 
Tirik mavjudotlarda o‘tadigan fermentli reaksiyalar mexanizmi juda 
murakkab bo‘lib, ular tez, sekundning kichik ulushlarida sodir bo‘ladi. 
Shuning uchun ham fermentli reaksiyalarning mexanizmlari to‘liq ishlab 
chiqilmagan. Lekin bu sohada juda ko‘p izlanishlar olib borilib, ularning 
ba’zi bir sohalari hal qilingan. 
Fermentli reaksiyalarning mexanizmi, ko‘pincha, oraliq moddalar 
nazariyasi asosida tushuntiriladi va unga muvofiq, oksidlanuvchi substrat 
avval fermentning faol markaziga birikib, ferment-substrat majmuali 
birikmasini hosil qiladi. So‘ngra bu majmuali birikma o‘zgarib, ferment va 
hosil bo‘ladigan mahsulotlarga parchalanadi. Ferment-substrat majmuiy 
birikmalarining hosil bo‘lishi tajribalarda o‘rganilgan. Hozirgi vaqtda 


80 
ularni aniqlaydigan maxsus analizatorlar ishlab chiqilgan. Ayrim ferment-
substrat majmuiy birikmalari kristall modda holida ajratib olingan, 
ularning tuzilishi ya’ni ferment bilan substratning o‘zaro munosabati 
aniqlangan. Fermentning faol markazi shakllangan joyda maxsus botiqlik, 
ya’ni «cho‘ntak» bo‘lib, ularga muayyan fermentning substrati 
yaqinlashganda, u bilan birga tegishli aminokislota qoldig‘i o‘rtasida 
bog‘lanish paydo bo‘ladi. 
«Cho‘ntak» - substrat bog‘ tufayli, qulf-kalit singari komplementar 
majmuali 
birikma 
hosil 
bo‘ladi, 
«cho‘ntak»ning 
fazoviy 
tuzilishi(konformatsiyasi) substratning fazoviy qurilishiga mos keladi. Shu 
sababli qulf-kalit tabiati jihatidan bu bog‘lanishlar donor-akseptor, ionli, 
kovalent va boshqa ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Agar substrat ferment 
yuzasidagi ayni botiqlikka mos kelmasa, bog‘lanishlar yuzaga chiqmaydi. 
Ba’zi fermentlarning faollik markazi substrat yaqinlashgandagina ma’lum 
shaklga kelib, molekulaning deyarli hamma qismi harakatga kelib
reaksiya ancha tez va oson borishini ta’minlaydi. «Cho‘ntak» substrat 
yaqinlashganda o‘zgarib, hatto, qapqog‘i yopiladi, substrat uchun ma’lum 
muhit yaratadi. Lekin substrat fermentga mos kelmasa, uning molekulasida 
tegishli shakliy o‘zgarish bo‘lmaydi. D. Koshland fikricha qo‘lqop panjaga 
qarab qanday shaklini o‘zgartirsa, muayan ferment ham shaklini shunday 
o‘zgartiradi: 
Fermentlarni tasniflash (klassifikasiyalash) tomoyillari Xalqaro 
biokimyogarlar ittifoqini 1961- yilda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan V 
kongressida ishlab chiqildi. Hozirgi kunda barcha organik moddalarni 
tasniflashni hisobga olganda ular orasida fermentlarning tasniflanishi eng 
mukammali hisoblanadi. Chunki bu tasniflashni qo‘llanilishi fermentlarni 
nomlash va tartib bo‘yicha joylashtirishda ham hisobga olingan bo‘lib, 
hattoki faqat tartib raqamlarini keltirishning o‘zi ularning nomlarini 
keltirmasdan ham olimlar tomonidan qaysi ferment haqida so‘z 
yuritilayotganini bilib olish imkoniyatini yaratadi. Bunda fermentlarni 
tartib raqami bilan keltirish uchun dastlabki raqam sinflarning 1-
Oksireduktazalar, 
2-Transferazalar, 
3-Gidrolazalar, 
4-Liazalar, 
5-
Izomerazalar va 6-Ligazalar (yoki Sintetazalar) dan foydalaniladi. Keyingi 
keltiriladigan uchta raqamlarlarning birinchisi fermentning kimyoviy 
tabiatini ifodalovchi(u oddiy yoki murakkab oqsil tabiatlimi?, murakkab 
oqsil tabiatli bo‘lsa, uning nooqsil tabiatli qismi qanday?) tamoyili, 
ikkinchisi -ferment ta’sir etadigan substratning kimyoviy tabiatini, 
uchinchisi katalizlovchi reaksiyaning xilini e’tiborga oluvchi tamoillar 


81 
hisoblanadi. Demak tasniflash jarayoni fermentlarni sinflarga, sinflarni 
kenja sinflarga, kenja sinflarni quyi kenja sinflarga bo‘lish va nihoyat quyi 
kenja sinflarni tartib raqami bilan raqamlar asosida belgilashga kelishib 
olingan. Bunda sinflar oltita ekanligi uchun dastlabki raqam muayyan 
fermentning qaysi sinfga mansubligiga qarab 1 dan 6 gacha tartibda 
bo‘ladi. To‘rt raqamli tartibda keltirilgan raqamlarning ikkinchi raqami 
kenja sinfga xos tartib raqam, uchinchi raqam quyi kenja sinfga xos 
bo‘ladi va nihoyat quyi kenja sinfdan keyingi ya’ni, to‘rtinchi raqam 
muayyan fermentning katalizlovchi reaksiyani tavsiflovchi 
tartibraqami
hisoblanadi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling