M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   150

Sinf 
– 
Oksido
r
eduktazalar.Ular 
oksidlanish-qaytarilish 
reaksiyalarini katalizlaydi. Bunda «vodorod donori – akseptor 
oksidoreduktaza» tizimida faoliyat ko‘rsatishadi. O‘z navbatida 
«Oksidoreduktazalar» 17 kenja sinfga bo‘linadi. 
II Sinf - Transferazalar.
Bular «donor – akseptor transferaza» 
tizimida faollik ko‘rsatadi. Bu sinfning yettita kenja sinflari mavjud. 
III sinf - Gidrolazalar.
Gidroliz reaksiyalarini amalga oshiruvchi 
fermentlar. Ularning o‘n bitta kenja sinfi mavjud. 
IV Sinf - Liazalar
Bu sinfga kiruvchi fermentlar molekulalararo 
bog‘lanishlarni katalizlovchi fermentlardir, yoki birikishni, yoki ajralish 
reaksiyalarni katalizlaydi
.
Bularga karboksilazalar kabi aldegid-keton 
bog‘lanishni tezlashtiruvchi fermentlar kiradi. Ularning yettita kenja sinfi 
ma’lum. 
V Sinf - Izomerazalar.
Bu sinfga kiruvchi fermentlar bir xil 
izomerlarni ikkinchi xil izomerlarga aylanishini katalizlaydi. Ularning 
oltita kenja sinfi mavjud. 
VI Sinf - Ligazalar (sintetazalar).
Bu fermentlar fosforli 
birikmalarni o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan kichik molekulalardan 
yirik molekulalarni sintez qilishini katalizlaydi. Ularning beshta kenja sinfi 
ma’lum. 
Ko‘pchilik fermentlar sitoplazmada erigan holda, yadroda va maxsus 
organellalarda uchraydi. Masalan, mitoxondriylarda oksidlanish, ya’ni 
nafas olish fermentlari, ribosomalarda oqsil sintezi uchun kerakli 
fermentlar, yadroda nuklein kislotalarni sintezini amalga oshiruvchi 
fermentlar bo‘ladi. Ularni xuddi oqsillarni ajratib olish kabi usullar bilan 
ajratib olish mumkin. Biroq fermentlarni ajratib olishda ma’lum maqsadga 
yo‘naltirilgan ravishda ish yuritish lozim bo‘ladi. Buning uchun, eng 
avvalo, muayyan fermentga boy manba tanlanadi. Agar gidrolitik 


82 
fermentlarni o‘rganish zarur bo‘lsa,ularni hayvonlarning hazm shiralarida 
mo‘l miqdorda ekanligini inobatga olib, osongina ajratib olish mumkin. 
Hazm shiralari fermentlarning tayyor tabiiy eritmalari hisoblanadi. 
Fermentlarni toza holda ajratib olishga oid barcha tahliliy ishlarini past 
temperaturalarda olib borish talab etiladi. Bunda, albatta, ferment uchun 
optimal pH ko‘rsatgichini inobatga olish va ferment faolligini tekshirib 
turish lozim. Aks holda ajratib olinayotgan ferment o‘z faolligini yuqotib 
qo‘yishi mumkin. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling