M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kerakli biomaterial: so‘lak.
Kerakli jihozlar:shtativ probirkalari bilan, termostat, pipetkalar. Kerakli reaktivlar: 1% kraxmal eritmasi, Lyugol eritmasi, 1% natriy xlor eritmasi, 1% mis sulfat eritmasi. Ishni bajarish tartibi. Uchta probirka olib ularning har biriga 3 ml dan suyultirilgan so‘lak eritmasidan solinadi. So‘ng birinchi probirkaga 1 tomchi 1 % li natriy xlor, ikkinchisiga 1 tomchi 1 % li mis sulfat eritmasidan, uchinchisiga 1 tomchi suv tomiziladi. Aralashmalar yaxshilab aralashtirilgandan keyin ularning har biriga 5 tomchidan 1 % li kraxmal eritmasi qo‘shiladi. Probirkalarni 10 daqiqaga 38 o C li termostatga ko‘chiriladi. So‘ng probirkadagi aralashmalarga 1 tomchidan Lyugol eritmasi qo‘shib kraxmalga tegishli bo‘lgan yod reaksiya o‘tkaziladi. Reaksiya natijalari 13-jadval tarzida rasmiylashtiriladi va tegishli xulosalar yasaladi. 13-jadval So‘lak amilazasi faolligiga aktivator va ingibitorni ta’siri T/r Substrat Ferment Muhitga qo‘shilgan modda Yod bilanbo‘y alishi Xulosa 1 Kraxmal Amilaza 1%NaCl 2 Kraxmal Amilaza 1% CuSO 4 3 Kraxmal Amilaza H 2 O O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Fermentlar qanday vazifani bajaradi? 2. Fermentlarni o‘rganish tarixi. 3. Fermentlar biokatalizatorlar sifatida. 4. Fermentlarning kimyoviy tuzilishi. 5. Apoferment, koferment, kofaktor, xoloferment nima? 6. Oddiy oqsil tabiatli va murakkab oqsil tabiatli fermentlar. 7. Kofermentlarning xillari. 8. Koferment nima? Kofaktor-chi? 92 9. Fermentlarning termolabilligi. 10. Fermentativ reaksiyaning pH ga bog‘liqligi. pH optimumi nima? 11. Fermentlarning maxsusligi. 12. Fermentlarning tasniflanishi va nomenklaturasi. 13. Fermentativ reaksiyaning ferment va substrat konsentrasiyalariga bog‘liqligi. 14. Fermentativ reaksiyaga faollovchi va ingibitor moddalarning ta’siri. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling