M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


-tajriba. Loviya o‘simligi urug‘idan ureaza preparatini ajratib


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150
 
4-tajriba. Loviya o‘simligi urug‘idan ureaza preparatini ajratib 
olish 
Keraklibiomateriallarloviyao‘simligi urug‘i. 
Kerakli jihozlarsentrifuga probirkalari bilan birga, vakum-eksikator 
quritish moslamali moddasi bilan, tarozi, chinni hovoncha, kolbachalar, 
stakanchalar, filtr qog‘oz,sovitqich. 
Kerakli reaktivlarpetroley efiri, distillangan suv. 
Ishni bajarish tartibi.Loviya o‘simligi urug‘idan 50 g olib chinni 
hovonchada yaxshilab maydalanadi va un holatiga keltiriladi, uni ustiga 
petroley efiri qo‘shib yog‘sizlantiriladi. Yog‘sizlantirilgan loviya uni filtr 
qog‘ozda ochiq havoda quritiladi va +5
o
C gacha sovitilgan 10 ml suv 
qo‘shib aralashtirib sovitqichning pastki qismiga 1 soatga qo‘yiladi. 
Aralashma sentrifugalanadi va sentrifugatni 35-40
o
C li vakum eksikatorga 
ko‘chirilib suvi bug‘lantiriladi. Shu yo‘sinda ajratib olingan kukun ureaza 
preparati bo‘lib, sovitgichda saqlaganda o‘z faolligini ancha muddatda 
saqlashi mumkin. 
13-mavzu. Fermentlarni sifatiy aniqlash 
Ma’lumki, fermentlar organizmning xilma-xil to‘qimalarida uchraydi 
va turli funksiyalarni bajaradi hamda izofermentlar bir xil fermentlarning 
har xil to‘qimalarida uchrashi bilan tavsiflanganligini inobatga olib, ularga 
xos sifatiy reaksiyalarni o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Bu 
fermentlarning termolabilligi, maxsusligi hamda ularning katalizlaydigan 
reaksiyalarini vadorod ionining ma’lum chegarasida amalga oshirilishini 
inobatga olganda fermentlar bilan o‘tkaziladigan sifat reaksiyalarining 
ahamiyati ayon bo‘lib qoladi. 
Darsning maqsadi: Bundan oldingi mavzuni o‘tishda ajratib olingan 
yoki boshqa to‘qimalardan ajratib olingan fermentlarga xos sifatiy 
reaksiyalarni bajarish ko‘nikmasini egallash va bu sohaga oid nazariy 
bilimlarni mustahkamlash. 
 
 


95 
 
 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling