105
Monosaxaridlarga xos reaksiyalarni aldozalarga va ketozalarga xos
reaksiyalarga bo‘lish mumkin.O‘z navbatida aldozalarga xos reaksiyalarni
sifat reaksiyalari va qaytaruvchanlik reaksiyalariga ajratish mumkin. Bu
o‘rinda shu narsani ham e’tirof
etish lozimki, qaytaruvchanlik
reaksiyalariga monosaxaridlarning aldozalari qatori qaytaruvchi disaxarid
(maltoza,laktoza,sellobioza ) lar ham kirishadi.
Ketozalar esa, aldozalarga
xos reaksiyalarga kirishmay, balki ularni
tavsiflovchi Selivanov
reaksiyasiga kirishadi.
Darsning maqsadi. Aldozalarga xos sifat reaksiyalari, aldozalar va
qaytaruvchi disaxaridlarga xos qaytaruvchanlik reaksiyalari, shuningdek
ketozalarga xos Selivanov reaksiyalarini o‘tkazish orqali ularning
kimyoviy xossalari bilan tanishish va shu mavzuga oid nazariy bilimlarni
mustahkamlash.
39-ish. Aldozalarga xos ayrim sifat reaksiyalari
Biomaterial: uzum yoki olma shirasi
Kerakli jihozlar:probirkalar, suv hammomi (80
o
C li), pipetkalar.
Kerakli reaktivlar:karbonsuvli modda, α-naftolning spirtdagi 10% li
eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota, Selivanov reaktivi (tayyorlash:
rezorsindan 0,5
g tarozida tortib olib, xlorid kislota bilan hajmini 100 ml
ga etkaziladi), fruktozaning 1% li eritmasi, ribozaning 1% li eritmasi,
orsin
reaktivi (tayyorlash: 1 g orsin 500 ml 30 % li xlorid kislotada eritiladi unga
4-5 ml 10% li temir xlorid qo‘shiladi, shu yo‘sinda tayyorlangan reaktiv
yaxshilab berkitilgan holatda qorong‘i joyda saqlanadi);
difenilamin
eritmasi(tayyorlash; 10 ml muz sirka kislotada 100 mg difenilamin eritilib
ustiga
0,28
ml
kontsentrlangan
sulfat
kislota
qo‘shiladi),
dezoksiribozaning 1%
li eritmasi, konsentrlangan H
2
SO
4
.
Do'stlaringiz bilan baham: