M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
Kerakli jihozlar: pipetkalar, probirkalar, turli hajimdagi kolbalar.
Kerakli reaktivlar: distillangan suv, benzidin eritmasi,vodorod 
peroksid. 
Peroksidaza fermenti fenol va aminlarni vodorod peroksidi 
ishtirokida katalizlaydi. Misol tariqasida benzidinni difenoxinondiaminga 
oksidlanish reaksiyasida peroksidazani ishtirok etishini ko‘rsatish mumkin. 
Ishni bajarish tartibi.Oldin qonning asosiy eritmasi tayyorlanadi. 
Buning uchun mikropipetka yordamida barmoqdan 0,05 ml qon olinadi
uni taxminan 5 ml suv solingan kolbaga ko‘chiriladi, yaxshilab 
aralashtirgach ustiga yana15 ml cha suv qo‘shiladi. So‘ng bu 
aralashmalardan ikkita probirkaga 2-3 ml dan pipetka yordamida solinadi. 
Probirkalardan biri (nazorat) 1-2 daqiqa davomida qaynatiladi va 
sovutiladi.Bundan keyin ikkala probirkaga 0,5 ml dan benzidin eritmasidan 
va 4-5 tomchi vodorod peroksidi eritmasidan qo‘shiladi. Nazoratdagi va 
tajribadagi probirkalar yana aralashtiriladi. Qaynatilmagan qon bor 
probirka (tajriba varianti)da ko‘k rang hosil bo‘ladi.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. Lipaza fermentini oshqozon osti bezidan qanday ajratib olinadi? 


99 
2.Saxaraza fermentini achitqidan ajratib olish qanday amalga 
oshiriladi? 
3.Achitqidan saxaraza fermentini ajratib olinganligini qanday sinab 
ko‘rish mumkin? 
4.Ureaza fermenti (loviyadan ajratib olingan) faolligini qanday sinab 
ko‘rish mumkin? 
5.Kartoshka shirasi tarkibidagi tirozinazani borligini qanday 
aniqlanadi? 
6.Qon tarkibida katalaza fermenti borligini qanday aniqlanadi? 
7.Mushak katalazasini aniqlash uchun o‘tkaziladigan tajribani 
o‘tkazish tartibini bayon qiling. 
8. Qon tarkibidagi peroksidaza fermenti faolligi qanday aniqlanadi? 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling