106
qavatga bo‘linadi. Xuddi shu ikki qavat chegarasida binafsha rang (halqa)
hosil bo‘ladi.
2-tajriba. Pentozalarni orsin reaktivi yordamida anqlash
Pentozalar kislotali muhitda temir (III)-xlorid ishtirokida orsin reaktivi
bilan yashil rangli kompleks hosil qiladi. Bu reaksiya
pentozalarning kislota
ta’sirida furfurolga aylanishini tasdiqlaydi.
Ishni bajarish tartibi.Probirkaga 1 ml riboza
yoki tarkibida pentoza
bo‘lgan tekshiriluvchi eritma quyilib, unga teng
hajmda orsin reaktividan
qo‘shiladi. Aralashma qaynayotgan suv hammomida 20 daqiqa qizdiriladi.
Agar tekshirilayotgan suyuqlikda pentoza yoki uning hosilasi bo‘lsa,
probirkadagi eritma yashil rangga kiradi.
3-tajriba. Dezoksiribozani difenilamin yordamida aniqlash
2-dezoksipentozaga aromatik amin (difenilamin) qo‘shib asta-sekin
qizdirilsa, ko‘k rangli kompleks birikma hosil bo‘ladi. Bu reaksiya yordamida
DNK molekulasidagi dezoksiribozani ham aniqlash mumkin.
Ishni bajarish tartibi 1 ml dezoksiriboza yoki tarkibida DNK bo‘lgan
eritmaga 2 ml difenilamin eritmasi qo‘shiladi, so‘ngra 10 daqiqa qaynatiladi.
Bu vaqtda reaksion aralashma barqaror ko‘k rangga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: