M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-tajriba. Kraxmalni ajratib olish
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-tajriba.Hayvon to‘qimalaridan glikogen ajratib olish Ishni bajarish tartibi.
1-tajriba. Kraxmalni ajratib olish
Ishni bajarish tartibi. Ikki dona kartoshka tuganagidan olib po‘chog‘ i archiladi va qirg‘ichdan o‘tkazib maydalanadi. Siqib suvi ajratib olinib, filtrlanadi va so‘ng quritiladi. Kraxmal donachalarini mikroskop ostida bir tomchi Lyugol eritmasi qo‘shib bo‘yash asosida kuzatiladi. Ajratib olingan kraxmalni sovuq va issiq suvlarda eruvchanligini tadqiq qilinadi. Sovuq suvda u erimaydi, issiq suvda esa eriydi. Eriydigan kraxmal dastlabki kraxmalga nisbatan destruksiyalangan (uni polimerizatsiya darajasi dastlabki kraxmaldan pastroq bo‘ladi). Dastlabki (odatdagi) kraxmal eruvchi kraxmal (amidulin)ga aylanishini sovuq sharoitda uzoq muddat suyultirilgan kislotalarda saqlash yoki oz muddatda kislotada tutib turib keyin qizdirish yo‘li bilan ta’minlash mumkin. Quritilgan kraxmal keyingi reaksiyalarda ishlatish uchun olib qo‘yiladi. Tajriba uchun ishlatishda iliq suvdagi eritmasi tayyorlanadi. 115 2-tajriba.Hayvon to‘qimalaridan glikogen ajratib olish Ishni bajarish tartibi. Jigar yupqa qilib kesiladi va uni qon elementlaridan xolis qilish uchun 2 daqiqaga sovitilgan fiziologik eritmaga solib qo‘yiladi. So‘ng jigar namunalari filtr qog‘ozlar o‘rtasiga joylashtirilib, ulardagi qon elementlari va fiziologik eritma qoldiqlari shimib olinadi. Shu jigar namunasidan tarozida 1 g o‘lchab olinib hovonchaga ko‘chirilib, uni ustiga mayda shisha bo‘lakchalari va teng miqdorda 10%li trixlorsirka kislota qo‘shiladi va yaxshilab yanchiladi. Aralashmaga teng hajmda 5 % li trixlorsirka kislota qo‘shib yana yanchiladi. Bundan keyin aralashmani suyuqligini so‘rib olish yo‘li bilan ajratiladi. Qolgan qoldiqqa yana teng hajmda 5 % li trixlorsirka kislota qo‘shib yana yanchiladi va suyuqligini yana so‘rib olinib oldingisiga qo‘shiladi. Qo‘shilgan ekstraktlarga konsentratsiyasi 50 % ga yetgancha spirt qo‘shib cho‘kma hosil qilinadi. Cho‘kma sentrifugalash yo‘li bilan ajratiladi va ikki marta 50 % li spirt yordamida yuvilib qaytadan sentrifugalanadi. Shu yo‘sinda ajratib olingan glikogen quritiladi va tarozida o‘lchash hamda hisoblash yo‘li bilan uning jigardagi miqdoriy ko‘rsatkichi keltirib chiqariladi. Quritilgan glikogen keyingi reaksiyalarda ishlatish uchun olib qo‘yiladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling