M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150
Ishni bajarish tartibi.Dastlab kichkina uvada bo‘lagini probirkaga 
solib 2-3 % li sulfat kislota qo‘shib 10 daqiqa davomida qaynatiladi va 
aralashmani sovitib, neytrallagandan keyin Feling reaksiyasi qilib 
qo‘riladi. Bunda reaksiya salbiy natijaga ega bo‘ladi. Boshqa probirka olib 
uvada bo‘lagini solgandan keyin unga 2 ml 80 % sulfat kislota qo‘shib 3-4 
daqiqa ushlab turiladi va distillangan suv bilan suyultirilib, so‘ng 5 daqiqa 
davomida qaynatiladi. Gidrolizatni sovitib neytrallangandan keyin u bilan 
Feling va Barfed reaksiyalari o‘tkaziladi. Bu reaksiyalarning ijobiy 
chiqishi sellyulozaning gidrolizlanib β-D- glukozaga aylanganidan dalolat 
beradi.
 
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1. 
Polisaxaridlarga qaysi birikmalar kiradi? 
2. 
Kraxmal qanday tuzilishga ega? 
3. 
Glikogen haqida nimalarni bilasiz? 
4. 
Sellulozaning kimyoviy tuzilishi va xossalari. 
5. 
Xitin qanday tuzilishga ega? 
6. 
Xondriatinsulfat qanday tuzilgan? 
7. 
Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar 
8. 
Kraxmalning bosqichma bosqich gidrolizlanishidan qanday oraliq 
moddalar hosil bo‘ladi? 
9. 
Glikogenning parchalanishini so‘ngi mahsuloti nima? 
10. 
Sellulozani parchalanishidan nima hosil bo‘ladi? 
 
 
 
 
 


118 
LIPIDLAR
Lipidlar deb, kimyoviy jihatdan turli tarkibga ega bo‘lgan, umumiy 
hossalari bo‘yicha efir, aseton, xloroform, benzol kabi organik 
erituvchilarda eriydigan, murakkab moddalarga aytiladi. 
Lipid atamasi grekcha «Lipos - yog‘» so‘zidan olingan. Aksariyat 
holda lipidlar yuqori mollekular yog‘ kislotalarining glitserin bilan hosil 
qilgan murakkab efiri deb qaraladi. Ayrim lipidlarning tarkibida, bu 
moddalardan tashqari, azotli asoslar, fosfat kislotasi, karbonsuvlar ham 
uchraydi. Lipidlar muhim hayotiy jarayonlarning idora etilishida 
qatnashadi. Ular oqsillar bilan majmuiy birikmalar hosil qilib hujayra 
qobig‘ini, organoidlarining tuzilmalarini hosil qilishlari bilan biofaol 
moddalarni tashish, ajratish kabi vazifalarni boshqaradi. 
Lipidlar energiya manbayi sifatida ham xizmat qiladi. Ayniqsa, 
lipidlar glikolipidlar holida asab tizimi to‘qimalarining muhim tarkibiy 
qismi bo‘lib, asab tizimi faoliyatini yuzaga chiqarishda faol qatnashadi. 
Barcha lipidlarni tarkibi va biokimyoviy tavsiflariga ko‘ra oddiy va 
murakkab lipidlarga bo‘lib o‘rganadilar. 
Oddiy lipidlar yuqori molekular yog‘ kislotalarining spirtlar bilan 
hosil qilgan murakkab efirlaridir. O‘z navbatida ular yog‘larga, mumlarga 
va steridlarga bo‘linadi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling