M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Serebrozidlar- sfingozin spirtidan, serebron kislotadan va galaktozadan tashkil topgan bo‘lib miyaning oq moddasini tarkibiga kiradi.
- 16-mavzu. Neytral yog‘larni tuzilishi, xossalarini o‘rganishga oid reaksiyalar
Sfingomiyelinlar - sfingozindan, fosfat kislota qoldig‘idan, yog‘ kislota
qoldig‘idan, biron bir azotli yoki spirtli asos(xolin,etanolamin,serin, inozitol)dan tashkil topadi. Ular o‘simlik, hayvon hujayralarini va 123 subhujayraviy elementlarini membranalarida uchraydi Ayniqsa nerv hujayrasi, xususan miyada, qon lipidlari tarkibida ancha miqdorda bo‘ladi. Serebrozidlar- sfingozin spirtidan, serebron kislotadan va galaktozadan tashkil topgan bo‘lib miyaning oq moddasini tarkibiga kiradi. Gangliozidlar-sfingozin spirti, geterooligosaxaridlardan tashkil topgan. Ular tarkibiga galaktoza, glukoza, N-asetil-galaktozamin, N- asetilneyroamin kislota, yuqori molekulyar yog‘ kislotalari kiradigan murakkab organik birikmalar hisoblanadi. Bosh miyani kulrang qismida 6 % ga yaqinimembrana lipidlarini gangliozidlar tashkil qiladi. Gangliozidlar hujayraga yetib kelayotgan signallarni qabul qilishda ishtirok etadi. Ular hujayralararo aloqalarni boshqarishda, peptid gormonlar, serotonin, ba’zi viruslar, bakterial toksinlarning resepsiyasida ishtirok etadi. 16-mavzu. Neytral yog‘larni tuzilishi, xossalarini o‘rganishga oid reaksiyalar Neytral yog‘larning molekulasida to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalari uchraganligiga qarab fizik va kimyoviy xossalari bir biridan tubdan farq qiladi. Odatdagi(xona) haroratda suyuq yoki yarimsuyuq holatda bo‘ladigan yog‘larning tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘proq uchraydi. To‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy yog‘lar va to‘yinmagan yog‘ kislotalarini o‘zi-o‘ziga galoidlarni (galogenlanish), vodorodni (gidrogenlanish) va kislorodni (oksikislotalarni hosil qilish) biriktirish xossasiga ega . Yog‘lar gidrolizlanishdan oldin emulsiyalanishga duch kelishi lozim. O‘simlik moyiga suv qo‘shib yaxshilab aralashtirganda uncha barqaror bo‘lmagan emulsiya hosil bo‘ladi. Lekin birozdan so‘ng aralashma ikkita qatlam hosil qiladi. Unga bir necha tomchi10 % li Na 2 CO 3 tomizganda va yana aralashtirganda ancha barqaror emulsiya hosil bo‘ladi. Buning sababi yog‘ tarkibida ozgina miqdorda bo‘lsada, erkin yog‘ kislotalari qoldiqlari bo‘ladi va soda bilan reaksiyaga kirib sovunga aylanadi, u esa yog‘ zarrachasining dispers fazasiga stabillovchi ta’sir ko‘rsatadi. Eskirgan (achigan) moyga soda qo‘shganda, uning tarkibida erkin yog‘ kislotalari yanada ko‘p bo‘lganligi sababli sovun ham ko‘proq hosil bo‘ladi hamda emulsiya ham yanada barqarorroq bo‘ladi. Emulsiyaning barqarorlik darajasi sirt tarangligini pasaytiruvchi moddalar: sovun, oqsil eritmasi, o‘t kislotalari ta’sirida kuchayadi. Biomaterial tarkibida yog‘larning mavjudligini aniqlashda akrolein sinovi xizmat qilishi mumkin. 124 Tabiiy yog‘lar tarkibida ma’lum miqdorda erkin glitserin bo‘ladi, uni aniqlash uchun ma’lum miqdorda yog‘ yoki moy olib, suv tortib oluvchi modda kaliy bisulfat ishtirokida qizdirilsa, o‘tkir hidli akril aldegid (akrolein) ajraladi : Tarkibida glitserin bo‘lmagan lipoidlar bu reaksiyani bermaydi.Yog‘larni gidrolizini uch xil: fermentativ, kislotali, ishqoriy yo‘llar bilan amalga oshirish mumkin. Fermentativ va kislotali gidroliz natijasida gliserin va yuqori molekular yog‘ kislotalari, ishqoriy gidroliz natijasida esa, glitserin va sovun hosil bo‘ladi. Yuqori molekular yog‘ kislotalari kaliy ishqori bilan suyuq sovun, natriy ishqori bilan kattiq sovun hosil qiladi. Ishqoriy metallarning yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan tuzlari suvda yaxshi eriydi, ishqoriy-yer metallarining va og‘ir metallarning tuzlari suvda erimaydi (erimaydigan sovun). Reaksiya quyidagicha yuz beradi: Yog‘lar tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalarning miqdori har xil bo‘ladi. To‘yinmagan yog‘ kislotalar molekulasi tarkibida qo‘shbog‘ bo‘lganligi sababli o‘ziga galogenlarni osongina biriktirib olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Odatda yog‘larning to‘yinmaganlik darajasi yod soni bilan belgilanadi.100 g yog‘ biriktirib olgan yod miqdori “yod soni” deb yuritiladi. Yog‘larning yod sonini aniqlash ularni tavsiflashda muhim ahamiyatga ega. Tabiiy yog‘lar trigliseridlar bo‘lishi bilan birga, ularning tarkibida kam miqdorda bo‘lsada erkin yog‘ kislotalari bo‘ladi. Bu kislotalarning miqdorini “kislota soni” deb yuritiladi va uni ishqorlar yordamida titrlash yo‘li bilan aniqlanadi. Yog‘larni havoda va yorug‘da ancha muddatda saqlaganda erkin yog‘ kislotalarning miqdori oshadi. Yog‘larning 1 grami tarkibidagi erkin va bog`langan yog‘ kislotalarini neytrallash uchun sarflangan o‘yuvchi kaliyning mg hisobidagi miqdoriga sovunlanish soni 125 deyiladi. Sovunlanish soni bilan kislota soni o‘rtasidagi farqli ko‘rsatkich efir soni hisoblanadi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling