M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fosfoglitseridlar
- Sfingolipidlar.
Oddiy trigliseridlar:
120 Aralash triglitseridlar: Mumlarhamyuqorimolekulalimonokarbonkislotalarningyuqorimoleku lalispirtlarbilanhosilqilganmurakkabefirlaridir. Vakil sifatida asalari mumi (yoki miritsil palmitat efiri) ni keltirish mumkin: Palmitat qoldiq Mirisil spirti qoldig‘i Steridlar.Oddiy lipidlarning tabiatda keng tarqalgan guruhi steridlardir. Ular siklik spirt - sterollar bilan yuqori molekulali yog‘ kislotalaridan hosil bo‘lgan murakkab efirlardir. Siklik spirtlar - sterollar juda murakkab tuzilgan moddalardir. Ularni fenantren bilan siklopentanning hosilalari deb qaraladi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan biofaol moddalarni o‘z ichiga oladi. Vakil sifatida o‘t suyuqligi tarkibida uchrovchi xolesterol, zamburug‘lardan ajratib olingan ergosterol va o‘simlik moylaridan ajratib olingan sitosterollarni misol keltirish mumkin: 121 Shuxildagisiklopentanpergidrofenantrenhalqali tuzilishga ega bo‘lgan biofaol moddalar jumlasiga: o‘t kislotalari, ayol va erkak jinsiy gormonlari, buyrak usti bezi gormonlari, D guruhi vitaminlari, yurak glukozidlari va boshqalar kiradi Fosfoglitseridlarbu lipidlar fosfatid kislotasini hosilalari hisoblanadi. Ularning tarkibiga glitserin, yog‘ kislotalari,fosfat kislota qoldig‘i va odatda tarkibida azot tutuvchi yoki boshqa birikma tutuvchi birikmalar kiradi.Kimyoviy tarkibi jihatidan fosfatid kislota va fosfatidil glitseridning umumiy formulasi quyidagicha tuzilishga ega: Buyeda: R 1 ,R 2 - lar yog‘ kislotalari qoldiqlari, R 3 -qutbli guruh hisoblanadi. Yog‘ kislotalaridan-palmitat, stearinat, linolat, linolenat kislotalar uchrasa, qutbli birikmalardan-xolin, etanolamin, serin va inozitollar uchraydi, hamda ularni o‘zaro mos holda fosfatidilxolin, fosfatidiletanolamin, fosfatidilserin va fosfatidilinozitol deb nomlanadi. Fosfatidilxolinning tuzilishi quyidagicha: Shu guruhga kiruvchi fosfatidal yoki plazmalogenlarning tuzilishida shunday farqli jihat bor,ya’ni glitserinning birinchi karbon atomiga yog‘ kislota qoldig‘i o‘rniga 12 dan 18 tagacha karbon atomiga ega bo‘lgan to‘yinmagan spirt joylashgan bo‘ladi. Plazmogenlar miya va nerv hujayralari membranalari,shuningdek eritrotsitlarda uchrashi aniqlangan. 122 Bu guruhga kardiolipinlar ham kiradi. Bu fosfolipid uch molekula glitserin, ikki molekula fosfat kislota qoldig‘i va to‘rt molekula yog‘ kislotasi qoldiqlaridan tashkil topgan. Umuman, fosfolipidlar asab to‘qimasida, o‘simliklar mevasida, tuxum, jigar va yurakda uchraydi. Oqsillar bilan birikib fosfolipoproteinlarni hosil qiladi, ular hujayra qobig‘i, organoidlarining shakllarini tuzishda ishtirok etadi. Sfingolipidlar. Bu moddalar ikki atomli to‘yinmagan aminospirt sfingozinning hosilalari hisoblanadi. Sfingozinspirtinituzilishiquyidagicha: Sfingolipidlar o‘z navbatida kimyoviy jihatdan farqlanuvchi sfingomiyelinlar, serebrozidlar va gangliozidlarga bo‘linadi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling