M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


- mavzu. Lipoidlarni biomateriallardan ajratib olish va


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150
17- mavzu. Lipoidlarni biomateriallardan ajratib olish va 
xossalarini o‘rganishga oid reaksiyalar 
Lipoidlar 
boshqachasiga 
yog‘simon 
moddalarga: 
mumlar,fosfatidilglitseridlar, sfingolipidlar, sterin va steridlar kiradi.Bu 
moddalar tirik organіzm tarkibida uchrovchi eng labil lipidlar jumlasiga 
kiradi. Lipoidlar neytral yog‘lar kabi organik erituvchilarda yaxshi eriydi, 
ulardan farqli o‘laroq gidrolizlanganda glіtserin va yog‘ kislotalaridan 
tashqari boshqa birikmalar- fosfat kislota, azotli asoslar, siklik va asiklik 
spirtlar, karbonsuvlar hosil bo‘ladi. Bu guruhga kiradigan moddalarning 
ko‘pchiligini tarkibida gliserin bo‘lmaydi.Lipoidlarga sterin va steridlar 
ham kiradi. Ular o‘simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan 
organik moddalar hisoblanadi.
 
Darsningmaqsadi.Biomateriallar tarkibidagi fosfoglitsridlar, sterin 
va steridlarni ajratib olish uslublari, ularning xossalari, tarkiblari bilan 
tanishish, vashu mavzuga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash. 
 
49- ish.Hayvon to‘qimasidan lesitinni ajratib olish, gidrolizlash va 
tarkibini o‘rganishga oid reaksiyalar 
 
Kerakli biomateriallar
tuxum sarig‘ i, miya to‘qimasi 
Kerakli jihozlar:suv hammomi, stakan, shisha tayoqcha, voronka, 
kolba, o‘lchov silindri, chinni kosacha, filtr qog‘oz, probirkalar, pipetkalar, 
shtativ, asbest to‘ri, tigel, shpatel, gaz gorelkasi yoki spirt lampa
Kerakli reaktivlar:10% li natriy ishqori, 10 % li xlorid kislota 
eritmasi, kaliy gіdrosulfat kukuni, kaliy nitrat kukuni,natriy karbonat 
kukuni, konsentrlangan nitrat kislota, molibdat reaktivi (tayyorlash:18,75 g 
ammoniy molibdat 250 ml distillangan suvda eritilib, uning ustiga 250 ml 
32 % li nitrat kislota ( sol.og‘ . 1,2) qo‘shiladi va cho‘kma erib ketguncha 
aralashtiriladi). 


132 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling