M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150
Kerakli biomaterial: miya to‘qimasi 
Kerakli jihozlar: hovoncha, quritkich shkaf, shisha tayoqcha, shisha 
plastinka (10x10 sm), pipetkalar,pichoq,skalpel,probirkalar,voronka, fіltr 
qog‘oz. 
Kerakli reaktivlar: gips, xloroform, muz-sirka kislota, sirka angidrid, 
konsentrlangan sulfat kislota, xolesterinning xloroformli eritmasi
 
1-tajriba. Miya to‘qimasidan xolesterinni ajratib olish 
 
Ishni bajarish tartibi. Hovonchaga 4-5 g miya to‘qimasidan 
olib,pichok, skalpel yordamida yaxshilab kesib maydalanadi, ustiga 8-10 g 
gips qo‘shib aralashtirib yanchiladi. Keyin hosil bo‘lgan massani shisha 
plastinka ustiga yoyib asta sekinlik bilan gaz gorelkasi ustida tutib turib 
quritiladi.Qurigan massani to‘liq ravishda quruq probirkaga solinadi. Unga 
5-6 ml xloroform qo‘shib aralashtilib, 8-10 daqiqa tinch qo‘yib 
qo‘yiladi.Hosil bo‘lgan xloroformli ekstrakt filtrlanadi va filtrat 
xolesterinli manba sifatida olib qo‘yilib keyingi tajribalarni o‘tkazishda 
foydalaniladi. 
 
2-tajriba.Xolesteringa xos Sialkovskiy reaksiyasi 
 
Ishnibajarishtartibi.Yuqoridagi tajriba (1-tajriba) dagi xolesterinli 
filtratdan 2 ml olib, unga teng hajmda solishtirma og‘irligi 1,76 bo‘lgan 
konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi. Bunda ikki suyuqlik o‘rtasida 
qizil rangli halqa hosil bo‘ladi. Probirkadagi suyuqlik ohistalik bilan 
aralashtirilib tindirilsa, ustki qavat qizil, pastki qavat esa yashil 
fluoressensiyali sariq rangga bo‘yaladi. 
3-tajriba. Xolesteringa xos Liberman-Burxard reaksiyasi 
 
Ishni bajarish tartibi. Probirkaga yuqorida ajratib olingan 
xolesterinli filtratdan 1 ml solib, ustiga 10 tomchi sirka aldegіd va 2 
tomchi konsentrlangan sulfat kislota tomiziladi hamda yaxshilab 
aralashtiriladi. Bunda aralashma dastlab qizil,keyin qizg‘ish-binafsha, 
binafsha-ko‘k va nihoyat barqaror yashil rangga bo‘yaladi. 


135 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling