M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Lipidlarning tabiiy manbalari va energetik ahamiyati. 2. Lipidlarning tasniflanishi. 3. Neytral yog‘larva ularning tuzilishi. 4. Hayvon va o‘simlik yog‘larini farqli jihatlari. 5. Yog‘larga xos sifat reaksiyalari. 6. Yog‘larning eruvchanligi va emulsiyalanishi. 7. Yog‘larning gidrolizi. 8. Yog‘larning kislota,yod,sovunlanish sonlari. 9. Fosfatidilglitseridlar qanday tuzilishga ega. 10. Plazmogenlar va kardiolipinlar. 11. Sfingolipidlpr, serebrozidlar va gangliozidlar. 12. Lesitinni ajratib olish. 13. Lesitinga xos sifat reaksiyalari. 14. Xolesterinni biomateriallardan ajratib olish. 15. Xolesteringa xos sifat reaksiyalari. 136 VITAMINLAR Vitaminlar oziq-ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari jumlasiga kirib, organizmda sodir bo‘ladigan moddalar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etish orqali biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni me’yoriy chegarada kechishini ta’minlaydigan moddalardir. Bu moddalar organizm uchun juda ham oz miqdorda talab qilinishi bilan birga, organizmning ular bilan ta’minlanishiga bevosita bog‘liq bo‘lgan avitaminoz, gipovitaminoz va gipervitaminoz holatlari ham uchrab turadi. Hozirgi kunda bu guruhga mansub moddalarni o‘rganish bo‘yicha alohida vitaminologiya deb nomlangan fan shakllangan. Vitaminlar to‘g‘risidagi ta’limotning rivojlanishida N.I. Luninning (1880-y) xizmati katta. U kishi hayvon organizmi oziqa tarkibida oqsil, karbonsuv, yog‘, mineral moddalar va suvdan tashqari hozirgacha ma’lum bo‘lmagan, lekin ularning o‘rnini bosa olmaydigan qandaydir moddalar bo‘lishi zarurliginiisbotladi. Bu ilmiy xulosa F.Xopkins va K.Funk (1912-y)lar tomonidan keyinchalik yanada to‘liqroq isbotlandi. Ayniqsa, shu yili K.Funk guruch kepagi ekstraktidan «beri-beri»ning oldini oladigan kristall moddani ajratib oldi. Bu modda tarkibida amin guruh bo‘lganligi uchun uni vitamin- «hayot amini» (Vita-hayot) deb nom berdi. Agar, 1912 yili K.Funk vitamin atamasini fanga kiritib, avitaminoz kasalliklarning biokimyoviy sababini ko‘rsatgan bo‘lsa, keyinchalik vitaminlarni ajratib olish va hossalarini o‘rganish tartibi bo‘yicha lotin alfabitining bosh harflari bilan atashni taklif etildi va ularniA, B, C va h.k. deb nomlana boshlandi.1956 yilda Xalqaro nomenklatura qabul qilinib, unda fanda ma’lum bo‘lgan 20 dan ortiq vitaminlarni uch guruhga bo‘lib o‘rganish tavsiya qilingan: 1) suvda eriydigan vitaminlar, 2) yog‘ da eriydigan vitaminlar, 3) vitaminga o‘xshash birikmalar. Yog‘ da eriydigan vitaminlarga-A, D, E va K kabi vitaminlar qatori , Suvda eruvchi vitaminlarga- B 1 , B 2 , B 6 , B 12 , PP, B 8 , B 3 , . H, C, P, pantoten kislota, folat kislota va boshqalar, vitaminsimon moddalarga - xolin, lipoy kislota, pangam kislota, orot kislota, inozit, ubixinon, paraaminobenzoy kislota, karnitin, linol, linolen, araxidon kislotalar, vitamin U va boshqalar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling