M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kerakli biomaterial:nikotin kislota.
Kerakli jihozlar:shtativ probirkalari bilan birga, pipetkalar, gaz gorelkasi,yoki spirt lampasi. Kerakli reaktivlar:sirka kislotaning 10 % li eritmasi, mis asetatning 5 % li eritmasi, natriy bikarbonatning 10 % li eritmasi, natriy gidrosulfitning 5 % li eritmasi. 145 1- tajriba. Nikotin kislotaning mis atsetati bilan rangli reaksiyasi Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 5-10 mgnikotin kislota,10-20 tomchi10 %li sirka kislota solib qizdiriladi, aralashma qaynash darajasiga yetganda20 tomchi 5% li mis atsetati eritmasi qo‘shiladi. Bunda aralashma dastlab havorang loyqaga aylanadi, so‘ng ko‘k rangli cho‘kma hosil bo‘ladi. 2- tajriba. Nikotin kislotaning natriy gidrosulfat ta’siridagi rangli reaksiyasi Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 5-10 mg nikotin kislotasolib, ustiga 15 tomchi 10 % li natriy bikarbonat tomiziladi va uni aralashtirilgandan so‘ng 15 tomchi yangi tayyorlangan 5 % li natriy gidrosulfit qo‘shiladi. Bunda aralashma sariq ranga bo‘yaladi. 58- ish. C vitaminiga xos reaksiyalar Kimyoviy tabiati jihatidan C vitamini L- glukoza tuzilmasiga yaqin tuzilishga ega bo‘lgan kislotaning laktoni hisoblanadi. C vitamini oksidlanish darajasiga bog‘liqholda askorbin kislota, degidroaskorbin kislota va diketogulon kislota holatida bo‘lishi mumkin: Bu ko‘rinishlarning hammasida askorbin kislota vitaminlik faollikka ega bo‘ladi. C vitamini to‘qimalardagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida karbonsuv, yog‘ va oqsillar almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin namatak, sitrus o‘simliklari, mevalar va sabzavotlarda, shuningdek ko‘k piyoz va ko‘katlar tarkibida ko‘p bo‘ladi. Odamning bu vitaminga bo‘lgan bir kunlik ehtiyoji 75-100 mg ni tashkil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling