M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150
GORMONLAR 
Gormonlar biologik faol moddalar bo‘lib, turli-tuman kimyoviy 
tuzilishga ega bo‘lgan moddalar hisoblanadi. Ular moddalarni 
almashinuvini u yoki bu jihatlariga ta’sir etish orqali tirik organizmlardagi 
o‘sish, rivojlanish va shunga o‘xshash barcha hayotiy jarayonlarni 
boshqarib turadi. Gormonlar axborotlarni hujayraga tashuvchi kimyoviy 
vositachi sifatidagi vazifani ham bajaradi. Ular xilma xil biokimyoviy 


149 
jarayonlar uchun zarur bo‘lgan ionlarning plazmatik membranalar orqali 
tashilishidan tortib, to genom transkripsiyasigacha bo‘ladigan jarayonlarga 
ta’sir ko‘rsata oladi. Fiziologik sharoitlarda gormonlar tez sintezlanib va 
parchalanib turadi. Ularning yashash davri bir soatdan oshmaydi va juda 
murakkab mexanizmlarga ega bo‘lib, qondagi konsentratsiyasi 10
-8 
M dan
-
10
-12 
M gacha bo‘lganda ham jarayonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi. 
Gormonlar kimyoviy tabiatiga ko‘ra: peptid va oqsil tabiatli, 
aminokislotalarni hosilalari tabiatli, steroid gormonlar va gormonoid 
moddalarga bo‘linadi. Gormonoid moddalar ichki sekretsiya bezlarida 
ishlab chiqilmasdan ko‘pchilik organlar va to‘qimalarda hosil bo‘lib, 
haqiqiy gormonal ta’sirga ega emas. 
 
19-mavzu. Gormonlarga xos reaksiyalar 
 
Darsning maqsadi. Gormonlarga xos reaksiyalarni o‘tkazish 
ko‘nikmalarini egallash va ularni o‘tkazish orqali gormonlarning biologik 
ahamiyatiga oid nazariy bilimlarni mustahkamlash 

59- ish. Insulinga xos reaksiyalar 
Oshqozon osti bezini – Langergans-Sobolev orolchalarining α – vaβ-
hujayralari ikki xil gormon ishlab chiqaradi, ya’ni ular o‘zaro mos holda 
glyukagon va insulin gormonlari hisoblanadi. Insulin moddalar 
almashinuviga ta’sir etib, glikogenning sintezini va glukozani 
oksidlanishini, uch karbon kislotalar va pentoza fosfat sikllarini 
kuchaytiradi, oqsil sintezini, lipogenezni jadallashtiradi. Insulin oqsil 
tabiatli modda bo‘lib, 51 ta aminokislota qoldig‘idan tashkil topganligi 
uchun oqsillarga tegishli Geller, Biuret va Fol reaksiyalarini beradi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling