M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-tajriba. C vitaminning 2,6-dixlorfenolindofenol bilan rangli
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar
3-tajriba. C vitaminning 2,6-dixlorfenolindofenol bilan rangli reaksiyasi Ishni bajarish tartibi. Oltita probirka olib, shtativga ikki qator qilib joylashtirib 1a,1b,2a,2b,3a, 3b tartibda raqamlanadi. So‘ng 1ava1b ga na’matak ekstraktidan,2a va 2b ga olma ekstraktidan, 3a va 3b ga karam ekstraktidan 3 tomchidan tomiziladi. So‘ng 1a,2a,3a dagi probirkalardagi C vitaminini qaynatish yoki vodorod peroksidi qo‘shish yo‘li bilan parchalanadi. Bundan keyin hamma probirkalarga 1 tomchidan xlorid kislotaning 2 % li eritmasidan qo‘shiladi va birin-ketin tomchilab avval 1b, 2b va 3b probirkalarga 2,6-dixlorfenolindofenolning 0,001 N eritmasidan tomiziladi. Bu probirkalarda C vitamini mavjudligi tufayli dastlabki qo‘shilgan indikatorning gulobi rangi yo‘qoladi. Keyinchalik esa namuna tarkibidagi askorbin kislota oksidlanib ketganligi tufayli gulobi rang saqlanib qoladi. Nazorat vazifasini bajargan 1a, 2a, 3a probirkalarda esa askorbin kislota qaynatish yoki vodorod peroksidi ta’sirida oksidlangan holatga o‘tganligi sababli gulobi rangning rangsizlanishi umuman kuzatilmaydi. Bu o‘rinda C vitamini to‘g‘risidagi fikrni davom ettirib aytish mumkinki, biomateriallar tarkibidagi bu vitaminni miqdorini aniqlashda aynan shu 2,6-dixlorfenolindofenol bilan bo‘lib o‘tadigan rangli reaksiyadan foydalaniladi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.Vitaminlar qanday moddalar. 2.Vitaminlarning tasniflanishi. 148 3.Yog‘ da eruvchi vitaminlarni tavsiflang. 4. Suvda eruvchi vitaminlar va ularning umumiy tavsifi. 5.Vitaminsimon moddalar va ularning tavsifi. 6.Gipo-, a- va gipervitaminoz holatlarining kelib chiqish sabablari. 7. A vitaminiva uning fiziologik ahamiyati. 8. D vitamini, tuzilishi va ahamiyati. 9. K vitaminini tuzilishi, xossalari va ahamiyati. 10. E vitaminini kimyoviy tuzilishi,xossalari. 11. B guruhi vitaminlari, ularning xossalari. 12.Vitaminsimon moddalar, ularning tuzilishi va fiziologik ahamiyati. 13. Vitaminlarning tabiiy manbalari. 14. Odam organizmining yog‘da eruvchi vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojlari. 15. Odamning suvda eruvchi vitaminlarga bo‘lgan kunlik etiyojdlari. 17.Koferment vazifasini bajaruvchi suvda eruvchi vitaminlar. 18. Koferment vazifasini bajaruvchi vitaminsimon moddalar. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling