M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150
20- mavzu. Qon biokimyosi 
Qon organizmning asosiy ichki muhiti eritmasi hisoblanadi.Tashqi 
muhitdan kirib kelgan moddalar, hujayra, to‘qimaning almashinuv 
mahsulotlari doimo qonga o‘tib turadi.Qon qizil rangli,yopishqoq, kuchsiz 
ishqoriy(kattalarda pH i 7,36-7,4 , yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 7,2-7,3 ) 
geterogen suyuqlik. Qon plazmadan, shaklli elementladan, qon zardobidan 
tashkil topgan. Plazma birnecha daqiqada iviydi, ya’ni quyqa hosil bo‘ladi. 
Shu iviq qisqarish natijasida qon zardobi ajraladi. Qon zardobi plazmadan 
tarkibida fibrinogen oqsili yo‘qligi bilan farqlanadi. Qon moddalar 
almashinuvibilan bog‘liqholda muhim funksiyalarni bajaradi. Ular 
jumlasiga: 
- o‘pkadagi koslorodni to‘qimalarga, to‘qimalarda hosil bo`lgan 
karbonat angidridni o‘pkaga tashish, ya’ni nafas olish va nafas chiqarish 
orqali to‘qimalarda oksidlanish-qaytarilish va energiya almashinuvini 
boshqaruv; 
-oshqozon-ichak tizimida hazm natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarni 
turli a’zolarga yetkazish orqali oziqlantirish; 
-to‘qimalarda hosil bo‘lgan zaharli moddalar, qon bilan jigarga 
keltirilib, unda zararsizlantirilgan birikmalarni buyrak orqali tashqariga 
chiqarilishini,ya’ni ularni ajratilishini ta’minlash; 
-leykotsitlar va antitanachalar yordamida, shuningdek suv-tuz, 
kislota-ishqor muvozanatlarini, haroratni bir me’yorda saqlash orqali 
organizmda himoya vazifasini bajarish kabilar kiradi. 
Qon bo‘yicha o‘tkaziladigan biokimyoviy tahlillar bo‘lajak biologlar 
uchun organizmning fiziologik holatini baholashda, tibbiy mutaxassislar 
uchun odamlarning, veterinariya va zoomuhandislik mutaxassislari uchun 
hayvonlarning fiziologik va patologik holatlarini baholashda amaliy 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu tahlillar jumlasiga: qon zardobi oqsillari, 
azotli, azotsiz birikmalari, mineral moddalar miqdorlarini aniqlash, shaklli 
elementlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari eritrotsitlarining cho‘kish tezligini 
aniqlash, qon zardobi tarkibidagi har xil fermentlarning faolliklarini 
aniqlash,qonning solishtirma og‘ irligi, pH ko‘rsatkichi, osmotik bosimini 
aniqlash kabilar kiradi.Quyida bu biokimyoviy tahlil reaksiyalaridan 
ayrimlari keltiriladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling