153
Ishni bajarish tartibi.
Probirkaga 1 ml adrenalin eritmasi, 1 ml nitrit-
molibdenli reaktiv qo‘shib
yaxshilab aralashtiriladi
. Aralashma tarkibida
adrenalin borligi sababli u sarg‘ish-qizil rangga bo‘yaladi
.
4-tajriba. Adrenalinga xos diazoreaksiya
Ishni bajarish tartibi.
Probirkaga 1 ml 1 % li
sulfanil kislota
eritmasi,
1 ml 5 % li natriy nitrit eritmasi, 2 ml adrenalin eritmasi va 1 ml 10 % li
natriy karbonat eritmasi solinadi. Aralashma
tarkibida adrenalin
bo‘lganligi va uning diazolanishi tufayli u qizil rangga bo‘yaladi.
62-ish. Steroid gormonlarga xos rangli reaksiyalar
Kimyoviy
tarkibi
jihatidan
steroid
gormonlar
siklopentanpergidrofenantren xalqasi hosilalari hisoblanadi. Ularga buyrak
usti bezining po‘stloq qismi gormonlari mineralokortikoid (aldosteron,
dezoksikortikosteron)lar,
glukokortikoid
(kortizol,
kortizon,
kortikosteron)lar, ayollar jinsiy gormonlari estrogen (estron va estradiol)
lar, erkaklar jinsiy gormonlari androgen (testosteron va androsteron) lar,
sariq tana gormonlari progesteron (pregnandiol va progesteron)
larni
kiritish mumkin. Ayol jinsiy gormonlari (follikulin, estradiol va estriol)
fenol xalqasiga ega bo‘lganligi sababli fenollarga xos qator reaksiyalarni
beradi. Biomateriallar tarkibida ularni borligini
aniqlash uchun fenollarga
tegishli reaksiyalarni o‘tkaziladi. Bundan tashqari androsteron, follikulin,
kortizol, kortizon va boshqalar 17-
ketosteroidlar deb nomlangan, ya’ni
17-karbon atomida keton guruhiga ega bo‘lgan moddalar jumlasiga kiradi.
Organizmning ular bilan ta’minlanganlik darajasini siydikdagi miqdorini
aniqlash orqali baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: