M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150
Kerakli biomaterial: follikulinning spitrli eritmasi (tayyorlash: 
ajratgich voronkaga 30 ml 3 ta ampuladagi moysimon eritmasidan 
solinadi; follikulinni bu aralashmadan ekstraksiya qilish yo‘li bilan ajratib 
olish uchun ancha vaqt davomida chayqatiladi, qatlamlar bir birdan 
ajralgunga qadar kutib turiladi, keyin pastki moysimon qatlam to‘kib 
yuboriladi, ustki, spirtli qatlam reaksiyalarni o‘tkazish uchun 
foydalaniladi), siydik.
Kerakli jihozlar: shtativ probirkalari bilan birga, pipetkalar, suv 
hammomi 


154 
Kerakli reaktivlar: natriy ishqorining 30 % li eritmasi, m-
dinitrobenzolning etanoldagi 2 % li eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota, 
Folin reaktivi (tayyorlash: teskari sovitqichli tiqinga ega bo‘lgan kolbaga 
50 g natriy volframat, 10 g fosforomolibdat kislota, 25 ml 85 % li fosfat 
kislota, 375 ml distillangan suv solinadi. Kolbani sovitgichli tiqin bilan 
berkitib sovitgichni vodoprovod suviga ulanadi aralashma 10 soat 
davomida qaynatiladi, sovigandan so‘ng uning hajmi distillangan suv 
yordamida 500 ml ga yetkaziladi. Reaktivni qorong‘ i va salqin sharoitda 6 
oy muddatda saqlash, foydalanish mumkin).
 
1-tajriba. Follikulinning fenol guruhiga oid rangli reaksiya
 
Ishni bajarish tartibi. 
Probirkaga 2 ml follikulinning spirtli eritmasi, 
1 ml natriy ishqori eritmasi va 1 ml Folin 
eritmasisolinadi.
Bunda 
aralashma ko‘k rangga bo‘yaladi.
2-tajriba. Follikulindan fenolyat hosil bo‘lishiga oid rangli 
reaksiya 
 
Ishni bajarish tartibi. 
Ikkita probirka olib follikulinning spirtli 
eritmasidan 2 ml dan solinadi.Ularning birinchisiga 10 tomchi distillangan 
suv, ikkinchisiga 10 tomchi natriy ishqori eritmasidan tomiziladi. Bunda 
birinchi probirkada loyqalangan follikulinning emulsiyasi hosil bo‘lsa, 
ikkinchi probirkada ishqoriy muhitda loyqalanish yuz bermaydi, chunki 
eruvchan tavsifli follikulinning fenolyati hosil bo‘ladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling