M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
-tajriba. Follikulindagi 17-ketoguruhga oid rangli reaksiya
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-tajriba. Follikulinning sulfat kislota bilan rangli reaksiyasi Ishni bajarish tartibi.
3-tajriba. Follikulindagi 17-ketoguruhga oid rangli reaksiya Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 1 ml follikulinning spirtli eritmasi, 1 ml 30 % li natriy ishqori eritmasi va 1 ml 2 % li m-dinitrofenol eritmasi solinadi. 5-6 daqiqadan keyin aralashma qizil rangga kiradi. 4-tajriba. Follikulinning sulfat kislota bilan rangli reaksiyasi Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 0,5ml follikulinning spirtli eritmasi, 2 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi va aralashma qizdiriladi. Birozdan keyin aralashma sariq rangga kiradi. 155 O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1.Qanday moddalar gormonlar deyiladi? 2.Oqsil tabiatli gormonlarni tavsiflang. 3. Aminokislotalar hosilalari turkumidagi gormonlarga qaysilar kiradi? 4.Steroid gormonlarni tavsiflang. 5. Insulinning kimyoviy tabiati va organizmga ta’sir etish doirasi. 6. Ichki sekretsiya bezlarining arxitektonikasi. 7. Buyrak usti bezining po‘stloq qismi gormonlari va ularga xos rangli reaksiyalar. 8. Buyrak usti bezining miya qismi gormonlari va ularga xos rangli reaksiyalar. 9. Tireoid gormonlar ularga xos rangli reaksiyalar. 10. 17-ketokortikosteroidlar va ularga xos rangli reaksiyalar FUNKSIONAL BIOKIMYO Funksinal biokimyo - nisbatan yosh fan va u umumiy biokimyoning ancha murakkab tarmog‘ i bo‘lib, uning statistik va dinamik biokimyo tarmoqlari negizida hujayraning tuzilmasi va fizik-kimyoviy asosini tashkil qiladigan makromolekulalarning tuzilmaviy o‘zgarishlarini, ularning funksiyalari bilanbog‘liqligini biokimyoviy jihatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Funksional biokimyo hujayra va ba’zi to‘qima va organlarning hayotiy faoliyatini tushinib olish imkonini yaratadi. Demak funksional biokimyo barcha to‘qimalarda kechadigan biokimyoviy jarayonlarni molekular darajada tushintirish bilan mashg‘ul bo‘luvchi fandir. Shunday qilib, funksional biokimyoning o‘rganish predmeti qonda, jigarda, buyraklarda, o‘pkada, mushaklarda, biriktiruvchi va suyak to‘qimalarida, nerv tizimida va boshqalarda kechadigan va harqanday tirik organizmning hayotiy faoliyatini ta’minlovchi biokimyoviy jarayonlarnining yig‘indisini tashkil qiladi. Maskur qo‘llanmada hayotiy jarayonlarni yuz berishi mexanizmlarini tavsiflovchi asosiy biokimyoviy me’yoriy ko‘rsatkichlar moddalar va energiya almashinuvi bilan bog‘liqligini hamda bu ko‘rsatkichlarni tavsiflovchi ma’lumotlar qon va buyrak faoliyati orqali namoyon bo‘lishini e’tiborga olib ish yuritildi. Demak, quyida hayotiy jarayonlarning funksional biokimyoviy tahlil jihatlarini o‘rganish qon va siydikda o‘tkaziladigan tahlillar asosida amalga oshirilishi nazarda tutiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling