M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


-tajriba. Tireoid gidrolizatidagi yodni aniqlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150
2-tajriba. Tireoid gidrolizatidagi yodni aniqlash 
 
Ishni bajarish tartibi.Tireoid gidrolizatidan 2 ml ni alohida probirkaga 
solinadi va uni 10 % li sulfat kislotadan tomchilab qo‘shish yo‘li bilan 
neytrallanadi. Neytrallash jarayoni lakmus qog‘ozi yordamida nazorat 
qilinadi.Hosil bo‘lgan aralashmaga 1 % li kraxmal eritmasidan 3 tomchi va 
2 % kaliy yodat eritmasidan 5 tomchi tomiziladi. Reaksiya natijasida ajralib 
chiqqan yod kraxmal bilan birikib kompleks hosil qilish asosida 
suyuqlikning rangini ko‘k rangga bo‘yaydi. 
61- ish. Buyrak usti bezining mag‘ iz qismi gormonlariga xos reaksiya 


152 
Ma’lumki buyrak usti bezining mag‘iz qismida katexolaminlar deb 
umumlashtirib nomlangan adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab 
chiqariladi. Ular karbonsuvlar almashinuviga ta’sir etadi, kislorodni 
o‘zlashtirilish darajasini kuchaytiradi, tana haroratini oshiradi. Adrenalin 
qator rangli reaksiyalarga kirishadi. Ular jumlasiga: molibdat, nitrit, 
diazoreaktiv va temir xloridlar bilan bo‘ladigan reaksiyalarni kiritish 
mumkin.
Kerakli biomaterialadrenalin eritmasi (1:1000). 
Kerakli jihozlar: shtativ probirkalari bilan birga, pipetkalar, spirt 
lampasi yoki elektroplitka. 
Kerakli reaktivlar: kaliy yodatning 1 % li eritmasi, sirka kislotaning 
10% li eritmasi, temir (III) xloridning 3 % li eritmasi, ammiakning 10 % li 
eritmasi, xlorid kislotaning 5 % li eritmasi, nitrit-molibdenli reaktiv 
(tayyorlash: 10 g natriy nitritga 10 g natriy molibdat qo‘shib distillangan 
suv yordamida hajmi 100 ml ga yetkaziladi), natriy ishqorining 10 % li 
eritmasi, konsentrlangan xlorid kislota, sulfanil kislotaning 1 % li eritmasi, 
natriy nitratning 5 % li eritmasi, natriy karbonatning 10 % li eritmasi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling