M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli biomaterial
55- ish. B
2 vitaminga xos qaytaruvchanlik reaksiyasi B 2 vitamini(riboflavin) kimyoviy jihatdan izoalloksazinning hosilasi hisoblanib , uning ilmiy nomlanishi 6-7-dimetil-9-ribitil-izoalloksazindir: Riboflavinning to‘yingan eritmasi sarg‘ish-yashil rangga bo‘yalgan bo‘ladi. U ultrabinafsha nurda ham o‘ziga xos tavsifli tarzda sarg‘ish- yashil rangga ega bo‘libfluoressensiyalanadi. Riboflavin oksidlovchi- qaytaruvchi fermentlarning tarkibiga FMN va FAD tarzidagi koferment sifatida kiradi. Riboflavin hayvon mahsulotlari: go‘sht,baliq, tuxum, sutlarda va achitqida ko‘proq, sabzavotlarda kamroq uchraydi. Odamlarning B 2 -vitaminga bo‘lgan ehtiyoji 2,0-2,5 mg ni tashkil qiladi Kerakli biomaterial: dorixonalarda sotuvda bo‘lgan B 2 vitaminini suvdagi 0,025 % li eritmasi. Kerakli jihozlar:shtativ probirkalari bilan birga, pipetkalar. Kerakli reaktivlar: konsentrlangan xlorid kislota, rux metali. 143 Ishni bajarish tartibi. Probirkaga 10 tomchi B 2 vitaminini 0,025 % li eritmasi va 5 tomchi konsentrlangan xlorid kislota tomizilgandan keyin aralashmaga mosh kattaligidagi rux metali solinadi. Bunda jadal ravishda vodorod ajralaboshlaydi, dastlab aralashma qizil rangga bo‘yaladi, chunki qaytarilishning oraliq mahsuloti – rodoflavin hosil bo‘ladi. Rodoflavinning qaytarilishi nihoyasigay etgandan keyin qaytadan rangsizlanish yuz beradi. 56-ish. B 6 vitaminiga xos sifat reaksiyalari B 6 vitamini (piridoksin,piridoksal, piridoksamin) piridinning hosilalari hisoblanadi: Bu moddalar aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etadigan eng muhim fermentlar- aminotransferazalar- dekarboksilazalar- sisteindesulforaza- va boshqalarning kofermentlari vazifasini bajaradi.Shu bois, bu vitaminning tanqisligi aminokislotalarning almashinuvini izdan chiqarish orqali oqsillar, karbonsuvlar va yog‘larning umumiy almashinuvini izdan chiqishiga sababchi bo‘ladi.Bu vitamin o‘simlik va hayvon mahsulotlarida keng tarqalgan. Odamning bu vitaminga bo‘lgan ehtiyoji bir kunda 2 mgni tashkil qiladi. Moddalar almashinuvini so‘ngi mahsulotlari sifatida organizmdan ajratiladigan piridoksinli birikmalar siydik tarkibida piridoksilat kislotaning tuzlari tarzida chiqariladi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling