M. G. Safin,D. G‘. Hayitov, yu. S. Ruziyev


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/150
Sana13.09.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1677398
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   150
Darsning 
maqsadi. 
Yog‘larni eruvchanligi, emulsiyalanishi, 
sovunlanishi, to‘yinganlik darajasi, kislota va sovunlanish sonlarini 
aniqlashga tegishli reaksiyalarni o‘rganish orqali lipidlarga oid nazariy 
bilimlarni mustahkamlash. 
 
44-ish. Yog‘larning eruvchanligini aniqlash 
 
Kerakli biomaterial:paxta moyi, margarin, qo‘y yog‘i. 
Kerakli jihozlar: probirkalar, shtativ 
Kerakli reaktivlar:distillangan suv, etil spirt, efir, xloroform.
 
Ishni bajarish tartibi.
Shtativga4tadan uch qator qilib probirkalar
joylashtiriladi. Birinchi qatordagi probirkalar (№ 1-4) ga qo‘y yog‘idan, 
ikkinchi qatordagi probirkalar (№ 5-8) ga margarindan moshday kattalikda 
solinadi, uchinchi qatordagi probirkalar (9-12)ga 3-4 tomchidan paxta moyi 
tomiziladi. So‘ng har bir qatordagi probirkalarning birinchisiga distillangan suv, 
ikkinchisiga-efir, uchinchisiga-xloroform va to‘rtinchisiga etil spirtidan 3 ml dan 
solinadi. Hamma probirkalardagi aralashmalar yaxshilab aralashtiriladi. Tajriba 
natijalari 14-jadval tarzida rasmiylashtiriladi. 
14-jadval 
Yog‘larning eruvchanligini aniqlash natijalari 
T/R 
Yog‘larning 
xili 
Suv 
Efir 
Xlorofor

Spirt 

Qo‘y yog‘ i 

Margarin 

Paxta yog‘ i 
Xulosa 
 
45-ish. Yog‘larning emulsiyalanishi 
 
Kerakli biomaterial:yangi paxta moyi, eskirgan(achigan) moy. 
Kerakli jihozlar: probirkalar, shtativ
Kerakli reaktivlar:10 % li Na
2
CO
3.
, o‘t suyuqligi, oqsil eritmasi,10 % li 
HCl. 
Ishni bajarish tartibi. Shtativga 8 ta probirka joylashtirilib raqamlab 
chiqiladi va ularning har biriga 3 ml dan distillangan suv solinadi. 


126 
Dastlabki beshta probirkaga yangi paxta moyidan, № 6,7,8 probirkalarga 
eskirgan paxta moyidan 0,5 ml dan tomizib chiqiladi. So‘ng№ 2 va 7 
proibirkalarga 10% soda eritmasi, № 3 probirkaga o‘t suyuqligi, №4 
probirkaga oqsil eritmasi №5 va 8 probirkalarga 10% li xlorid kislotasi 
eritmasidan 2-3 tomchidan tomizib chiqiladi. Bunda № 1 va 6 
probirkalada yog‘ va suv bo`ladi. Hamma probirkalarning og‘zi berkitilib 
yaxshilab aralashtiriladi. Aralashmalar 5 daqiqa tinch qo‘yib qo‘yiladi va 
keyin emulsiyaning barqarorligi kuzatilib, natijalar 15-jadvalga kiritiladi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling